bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Isaiah 40
Isaiah 40
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 39
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 53
Chapter 54
Chapter 55
Chapter 56
Chapter 57
Chapter 58
Chapter 59
Chapter 60
Chapter 61
Chapter 62
Chapter 63
Chapter 64
Chapter 65
Chapter 66
Chapter 41 →
1
“Yupating, xalqimni yupating, — demoqda Xudoyingiz. —
2
Quddusning ruhini ko‘tarib, unga ayting: ‘Azob kosang to‘lib bo‘ldi, Ayblaring uchun jazo olib bo‘lding. Hamma gunohlaring evaziga Men, Egangdan ikki karra olding.’”
3
Bir ovoz shunday hayqirmoqda: “Sahroda Egamizga yo‘l hozirlang, Cho‘lda Xudoyimizga to‘g‘ri yo‘l oching.
4
Har bir jarlik yuksaladi, Har bir tog‘u tepalik pasayadi. O‘nqir–cho‘nqir joylar tekis bo‘ladi, O‘ydim–chuqur yer tekislik bo‘ladi.
5
O‘shanda Egamizning ulug‘vorligi zohir bo‘ladi, Butun jonzot birgalikda buni ko‘radi. Ha, Egamiz O‘z og‘zi bilan shuni aytdi.”
6
Bir ovoz: “E’lon qil!” deb aytdi, Ikkinchisi: “Nimani e’lon qilaman?” deb so‘radi. Birinchi ovoz shunday dedi: “Inson zotining hammasi maysaday, Ularning barcha sodiqligi dala guli kabidir.
7
Ularning ustidan Egamizning nafasi esganda O‘tlar quriydi, gullar so‘lib qoladi. Mana, bu xalq maysaning o‘zi.
8
O‘tlar quriydi, gullar so‘lib qoladi, Xudoyimizning kalomi esa abadiy turadi.”
9
Ey xushxabar keltirgan Quddus, Baland toqqa chiq! Ey xushxabar keltirgan Sion, Baland ovozda e’lon qil! Qo‘rqmagin, jar solgin! Yahudo shaharlariga: “Mana sizning Xudoyingiz”, deb aytgin.
10
Mana, Egamiz Rabbiy qudrat ila keladi, Qudrati ila hukmronlik qiladi. Uning O‘zi taqdirlaydi, Mukofotini O‘zi bilan olib kelmoqda.
11
Cho‘pon kabi U O‘z suruvini boqadi, Qo‘zilarni qo‘llarida ko‘taradi. Ularni ko‘tarib, bag‘riga bosadi, Qo‘zilari bilan birga ona qo‘yni Ehtiyotlab haydab boradi.
12
Kim hovuchi ila suvlarni o‘lchagan?! Kim qarichlab osmonni o‘lchagan?! Zamin tuprog‘ini o‘lchagan bormi?! Kim tog‘larni tarozida tortib ko‘rgan?! Tepaliklarni tarozi pallasida tortgan?!
13
Kim Egamizning Ruhiga yo‘l ko‘rsatadi?! Kim Unga maslahat beradi?!
14
U kimga maslahat solgan?! Kim Unga nasihat bergan?! Kim Unga adolat yo‘lini o‘rgatgan?! Unga bilim bergan bormi?! Idrok yo‘llarini Unga ko‘rsatgan bormi?!
15
Axir, elatlar chelakdagi bir tomchi suvdaydir, Ular tarozi pallasidagi chang kabidir. Mana, orollarni ham Egamiz changday ko‘taradi.
16
Lubnon yurtidagi hayvonlar qurbonlikka ozlik qiladi, O‘rmonlarining daraxtlari esa yetarli o‘tin bo‘lmaydi.
17
Jamiki elatlar Egamiz oldida hech nima emas, Egamiz nazarida ular arzimas, bo‘shliqdir.
18
Xo‘sh, Xudoni kimga o‘xshatasiz?! Unga qanday qiyofani berasiz?!
19
Hunarmand yasagan butnimi?! Axir, usta uni oltin bilan qoplagan. Unga kumush zanjirlar yasab bergan.
20
Unday qilishga qurbi yetmagan esa Chirimaydigan yog‘och topadi. Mohir usta tanlab, Yiqilib tushmaydigan but yasatadi.
21
Bilmaysizmi?! Eshitmaganmisiz?! Boshidan sizga aytilmaganmi?! Dunyo poydevoriga qarab ham tushunib yetmaysizmi?!
22
Xudo osmon gumbazi ustida o‘tiradi, Zamin ahli chigirtka kabidir. Xudo osmonni parda kabi yoygan, Odamzod makon qilsin, deya chodir kabi qurgan.
23
Shahzodalarni U pastga uradi, Zamin hukmdorlarini yo‘qqa chiqaradi.
24
Evoh, ular ekilishi bilanoq qurib qoladi. Yerga o‘tqazilishi bilanoq so‘lib qoladi. Ildiz otishi bilanoq qurib qoladi. Ha, Egamizning nafasi ularni quritadi. Bo‘ron ularni somonday uchirib ketadi.
25
“Meni kimga qiyoslaysiz? Kim Menga teng kela olar?” — deb aytadi muqaddas Xudo.
26
Ko‘zlaringizni osmonga tiking, qarang: Axir, bularni kim yaratgan? Xudo osmonga yulduzlarni terib qo‘ygan–ku! Uning O‘zi har biriga nom bergan–ku! O‘zining buyuk kuchi, ulug‘ qudrati bilan Har birini o‘z joyiga chiqarmay qo‘ymaydi.
27
Ey Yoqub nasli, nima uchun sen: “Boshimga tushganni Egamiz ko‘rmaydi”, deysan? Ey Isroil xalqi, nima uchun sen: “Mashaqqatlarimni Xudoyim unutgan”, deb aytasan?
28
Nahotki bilmaysan? Nahotki eshitmagansan? Egamizning O‘zi abadiy Xudo–ku! Butun olamni U yaratgan–ku! U charchamaydi, holdan toymaydi, Uning donoligini bilib bo‘lmaydi.
29
U toliqqanga kuch beradi, Zaifning kuchiga kuch qo‘shadi.
30
Hatto yoshlar charchaydi, holdan toyadi, Yigitlar qoqilib, yiqiladi.
31
Xudodan umid qilganlar esa Yangidan kuch oladi, Burgut singari qanot qoqadi. Ular yugurib, charchamaydi, Yurib ham hech toliqmaydi.
← Chapter 39
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 53
Chapter 54
Chapter 55
Chapter 56
Chapter 57
Chapter 58
Chapter 59
Chapter 60
Chapter 61
Chapter 62
Chapter 63
Chapter 64
Chapter 65
Chapter 66
Chapter 41 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50
51
52
53
54
55
56
57
58
59
60
61
62
63
64
65
66