bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Isaiah 43
Isaiah 43
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 42
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 53
Chapter 54
Chapter 55
Chapter 56
Chapter 57
Chapter 58
Chapter 59
Chapter 60
Chapter 61
Chapter 62
Chapter 63
Chapter 64
Chapter 65
Chapter 66
Chapter 44 →
1
Endi ey Yoqub nasli, seni yaratgan Egamiz gapirmoqda! Ey Isroil xalqi, seni barpo qilgan Egamiz shunday aytmoqda: “Men seni qutqardim, Sening ismingni aytib chaqirdim, Sen Menikisan, qo‘rqma!
2
Suvlardan o‘tganingda Men sen bilan birga bo‘laman. Daryolardan o‘tganingda Suvlar seni ko‘mmaydi. Olovdan o‘tganingda yonmaysan, Olov seni kuydirmaydi.
3
Ha, Men sening Egang Xudoman, Isroil xalqining muqaddas Xudosi — Qutqaruvchingman. Sen uchun to‘lov qilib Misrni berdim, Habashiston, Savo yurtlarini sening o‘rningga berdim.
4
Ko‘z oldimda azizsan, qadrlisan, Men seni sevaman. Shu bois sening evazingga odamni, Joning evaziga xalqlarni beraman.
5
Qo‘rqma, Men sen bilan birgaman, Naslingni sharqdan olib kelaman, Sizlarni g‘arbdan yig‘ib kelaman.
6
Shimolga: ‘Ularni ber’, deyman. Janubga: ‘Ularni ushlab qolma’, deb aytaman. O‘g‘illarim uzoqlardan, Qizlarim yerning chetlaridan kelsin.
7
Menga tegishli bo‘lganlarni O‘z shuhratim haqi yaratdim, O‘zim ijod qilib, ularni bino qildim.”
8
O‘sha xalqni ozod qilgin. Ko‘zi bor, ammo ko‘r bo‘lgan, Qulog‘i bor, ammo kar bo‘lgan O‘sha xalqni ozod qilgin.
9
Jamiki elatlar birga yig‘ildi. Qani, xalqlar kelib qo‘shilsin. Ularning orasidan kim buni aytib beradi?! O‘tib ketgan narsalarni kim bizga bildiradi?! Guvohlarini chaqirib, haqligini isbotlasin, Boshqalar eshitib: “Bu to‘g‘ri”, deb aytsin.
10
Egamiz shunday aytmoqda: “Sizlar mening shohidimsizlar, Sizlar mening qulimsizlar. Meni bilsin, Menga ishonsin, deb Tanho Xudo Men ekanligimni bilsin, deb Sizlarni tanladim. Mendan oldin biron xudo bo‘lmagan, Mendan keyin ham bo‘lmaydi.
11
Men Egangizman! Yolg‘iz Men Egangizman, Mendan boshqa qutqaruvchi yo‘q.
12
Men O‘zim aytdim, qutqardim, bildirdim, Orangizda boshqa biron xudo yo‘q.” Egamizning kalomi shudir: “Men Xudoman, sizlar Mening shohidimsiz.
13
Ha, azaldan buyon Men O‘shaman, Hech kim Mening qo‘limdan qutqara olmaydi. Men qilganimni kim bekor qila oladi?!”
14
Isroil xalqining muqaddas Xudosi, Qutqaruvchingiz — Egamiz shunday demoqda: “Sizlarni deb Bobil ustiga lashkar yuboraman, O‘zlari faxrlangan kemalarda Bobilliklar qochishga majbur bo‘ladilar.
15
Men muqaddas Xudoyingiz — Egangizman, Isroil xalqining Yaratuvchisi — Shohingiz Menman.”
16
Egamiz shunday demoqda: “Men dengizni bo‘lib, yo‘l qildim, Bahaybat suvlar ichra so‘qmoq ochdim.
17
Jang aravalariyu otlarni, Lashkaru jangchilarni olib chiqdim. Ana ular yotibdilar, turmaydilar. Pilikday miltirab, o‘chib qolganlar.
18
O‘tmishdagilarni yodga olmang, Qadimgilarni o‘ylayvermang.
19
Mana, Men yangi bir ish qilyapman. Shu paytning o‘zidayoq sodir bo‘lyapti! Ko‘rmayapsizmi?! Men sahroda yo‘llar ochaman, Ha, cho‘lda daryolar yarataman.
20
Hatto yovvoyi hayvonlar Meni ulug‘laydi, Chiyabo‘ri, tuyaqushlar ham Meni sharaflaydi. Zotan, tanlagan xalqimga suv beray, deya Sahroga suvlar yubordim, Cho‘lda daryolar yaratdim.
21
Bu xalqni O‘zim uchun yaratganman. Ular Menga hamdu sano aytsinlar.
22
Sen esa, ey Yoqub nasli, Menga sajda qilmading! Ey Isroil xalqi! Sen Mendan bezor bo‘lding.
23
Kuydiriladigan qurbonlik qilib, Qo‘ylaringni Menga olib kelmading. Qilgan qurbonliklaring bilan Meni ulug‘lamading. Don nazrlarini og‘ir yuk qilmadim–ku! Tutatqilar so‘rab, seni charchatmadim–ku!
24
Menga xushbo‘y hidli qamish sotib olmading. Qurbonliklar yog‘i bilan Meni to‘ydirmading. Evoh, gunohlaring bilan Menga yuk bo‘lding, Ayblaring bilan Meni charchatding.
25
O‘zimning haqi–hurmatim Ayblaringni kechiradigan Menman. Gunohlaringni yodga olmayman.
26
Qani, birga da’volashaylik. Gapir! Aybsizligingni isbotla–chi! Yodimga sol–chi!
27
Axir, eng katta bobong gunoh qilgandi. Payg‘ambaru ruhoniylaring Menga qarshi chiqqandi.
28
Shu bois muqaddas maskanning Boshliqlarini harom qilaman. Ha, Yoqub naslini halokatga, Isroil naslini haqoratga hukm etaman.”
← Chapter 42
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 53
Chapter 54
Chapter 55
Chapter 56
Chapter 57
Chapter 58
Chapter 59
Chapter 60
Chapter 61
Chapter 62
Chapter 63
Chapter 64
Chapter 65
Chapter 66
Chapter 44 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50
51
52
53
54
55
56
57
58
59
60
61
62
63
64
65
66