bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Isaiah 42
Isaiah 42
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 41
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 53
Chapter 54
Chapter 55
Chapter 56
Chapter 57
Chapter 58
Chapter 59
Chapter 60
Chapter 61
Chapter 62
Chapter 63
Chapter 64
Chapter 65
Chapter 66
Chapter 43 →
1
Egam aytar: “Mana Mening qulim, O‘zim uni qo‘llab–quvvatlayman. Men O‘zim uni tanlaganman. Undan juda mamnunman. Men unga O‘z Ruhimni berdim, U elatlarga adolat keltiradi.
2
U baqir–chaqir qilmaydi, qattiq gapirmaydi, Ko‘chalarda ovozini baland ko‘tarmaydi.
3
Ezilgan qamishni sindirmaydi, Tutayotgan pilikni o‘chirmaydi, Sodiq bo‘lib, adolat keltiradi.
4
Yer yuzida adolat o‘rnatmaguncha U holdan toymaydi, Uning jasorati so‘nmaydi. Dengiz ortidagi yurtlar Uning yo‘l–yo‘riqlarini kutadi.”
5
Osmonni yaratib, uni yoygan, Yerni yaratib, uni to‘ldirgan, Yer yuzidagi insonlarga jon bergan, Yer yuzida yashaydiganlarga hayot bergan Xudo, bizning Egamiz shunday aytmoqda:
6
“Men, Egang, najot olib kelish uchun seni chaqirdim. Men sening qo‘lingni kuchaytiraman, O‘zim seni himoya qilaman. Xalqim bilan tuzgan ahdimni Sen orqali amalga oshiraman, Jamiki elatlarga sen orqali nur sochaman.
7
Sen ko‘rlarning ko‘zlarini ochasan, Mahbuslarni zindondan ozod qilasan, Zulmatda o‘tirganlarni qutqarasan.
8
Men Egangizman! Mening nomim shudir! Men shuhratimni birovga bermayman, O‘zimga munosib bo‘lgan hamdu sanoni Butlar bilan baham ko‘rmayman.
9
Men sizlarga kelajakdagi voqealarni Yuz bermasdan oldin aytyapman. Oldin ayon qilganlarimga qarang. Ana, o‘shalar bajo bo‘ldi–ku!”
10
Egamizga yangi bir qo‘shiq ayting! Yer yuzining har bir chetidan Egamizni tarannum eting! Ey kemalarda suzib keladiganlar, Dengizdagi barcha jonzotlar, Egamizga qo‘shiq ayting! Ey dengiz ortidagi yurtlaru Bu yurtlarni to‘ldirganlar, Egamizga qo‘shiq ayting!
11
Sahrolar, u yerdagi shaharlar xitob qilsin, Kedar qishloqlarining ahli shod bo‘lsin! Sela ahli shodlikdan kuylasin, Tog‘ cho‘qqilaridan hayqirsin!
12
Ular Egamizni ulug‘lasin, Dengiz ortidagi yurtlarda ham Unga hamdu sanolar aytsin!
13
Egamiz bahodir yigitday olg‘a bosadi, U g‘ayratli jangchiday keladi, xitob qiladi. Hayqirib, dushmanlaridan ustunligini ko‘rsatadi.
14
Egam aytar: “Uzoq vaqt sukut saqladim, Jim turdim, O‘zimni tutdim. Endi esa tug‘ayotgan ayolday Og‘ir nafas olaman, faryod qilaman.
15
Tog‘u tepaliklarni vayron qilaman, Jamiki o‘t–o‘lanni quritaman, Irmoqlarni quruq yerga aylantiraman, Hatto botqoqliklarni quritaman.
16
Ko‘zi ojizlarni bilmagan yo‘llaridan yurdiraman, Ularni notanish so‘qmoqlardan olib boraman. Ko‘zlaridagi zulmatni yorug‘likka aylantiraman, O‘nqir–cho‘nqir yo‘llarni tekislayman. Mana shu aytganlarimni qilaman, Ularni tark etmayman.
17
Butlarga ishonganlar uyatga qoladi. Ha, butlarni ‘xudolarimiz’ deydiganlar Sharmandayu sharmisor bo‘ladi.
18
Eshiting, ey karlar, Qarang, ko‘rib qo‘ying, ey ko‘rlar!
19
Mening qulimday ko‘r bo‘lgan bormi?! Men yuborgan xabarchiday kar bo‘lgan bormi?! Men tanlaganlarimday ko‘r bo‘lgan bormi?! Men, Egangizning quliday ko‘r bo‘lgan bormi?!
20
Ey xalqim! Ko‘p narsalarni ko‘rasiz–u, e’tibor bermaysiz, Quloqlaringiz ochig‘u eshitmaysiz.”
21
O‘z adolati haqi, Egamiz O‘z qonunlarini Ulug‘ va sharafli qilmoqni istadi.
22
Ammo bu xalq talon–taroj qilingan, Hammasi zindonda tutqun, qamoqqa tashlangan. Ular qo‘lga tushdi, qutqaradigan yo‘q. Ular o‘lja bo‘ldi, “Qaytarib ber”, deydigan yo‘q.
23
Qaysi biringiz bularni eshitasiz, E’tibor berib, o‘tmishga quloq solasiz?!
24
Yoqub naslini o‘lja qilib qo‘ygan kim? Isroil xalqini talonchilarga bergan–chi? Egamiz emasmi?! Axir, biz Unga qarshi gunoh qildik–ku! Uning yo‘lidan yurishni istamadik, Uning yo‘l–yo‘riqlariga quloq solmadik.
25
Shu bois Egamiz qaqshatqich g‘azabini, Shafqatsiz urushni boshingizga keltirdi. Alanga sizni o‘rab olsa ham tushunmadingiz, Sizlarni kuydirsa ham, anglab yetmadingiz.
← Chapter 41
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 53
Chapter 54
Chapter 55
Chapter 56
Chapter 57
Chapter 58
Chapter 59
Chapter 60
Chapter 61
Chapter 62
Chapter 63
Chapter 64
Chapter 65
Chapter 66
Chapter 43 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50
51
52
53
54
55
56
57
58
59
60
61
62
63
64
65
66