bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Isaiah 33
Isaiah 33
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 32
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 53
Chapter 54
Chapter 55
Chapter 56
Chapter 57
Chapter 58
Chapter 59
Chapter 60
Chapter 61
Chapter 62
Chapter 63
Chapter 64
Chapter 65
Chapter 66
Chapter 34 →
1
Ey talanmagan talonchi! Holingga voy! Ey xiyonatni tatimagan xiyonatkor! Holingga voy! Rosa talab bo‘lganingdan so‘ng, O‘zingni talon–taroj qiladilar. Xiyonatni bas qilganingda, Senga xiyonat qiladilar.
2
Ey Egamiz, bizga marhamat qil, Biz Senga umid bog‘laymiz. Bizga har kun kuch ato qil, Kulfat chog‘i esa bizga najot ber.
3
Gumburlagan ovozingdan xalqlar tarqab ketar, Sen qo‘zg‘alganingda elatlar qochib ketar.
4
Chigirtkalar yig‘ilganday o‘ljalaring yig‘ilar, Chigirtkalar uyumi kabi o‘ljalaringni talon–taroj qilishar.
5
Egamiz yuksalgandir. Ha, Uning maskani yuksakda. To‘ldirgandir U Quddusni adolatu solihlik ila.
6
Ey Quddus, U kunlaringiz tinchligini mahkam tutadi, Uning O‘zi najot, ilm–ma’rifat, donolikning boy manbaidir. Egamizdan qo‘rqish sizlarning xazinangizdir.
7
Ana qarang! Yahudoning jasur yigitlari Ko‘chalarda faryod qiladi, Tinchlik elchilari achchiq–achchiq yig‘laydi.
8
Katta yo‘llar huvullab qolgan, Bu yo‘llardan yurmaydi hech kimsa, Ahdlar buzildi, shaharlar vayron bo‘ldi, Inson o‘z qadrini yo‘qotdi.
9
Yurt aza tutdi, azob chekdi. Lubnon o‘rmonlari isnodga qolib, qurib qoldi. Sharon tekisligi sahroga o‘xshab qoldi, Bashan, Karmil tog‘idagi daraxtlarning yaproqlari qolmadi.
10
“Endi qo‘zg‘alaman, — demoqda Egamiz. — Endi Men yuksalaman, Ha, O‘zimni baland ko‘taraman.
11
Sizlar esa somonga homilador bo‘lganday, Foydasiz poyalar tuqqanday bo‘lasiz. Ruhingiz sizlarni olov kabi yeb bitiradi.
12
Xalqlar yonib, kul bo‘ladi, Kesilib, olovga tashlangan tikanday bo‘ladi.
13
Ey uzoqdagilar, Mening qilganlarimni eshiting, Ey yaqindagilar, qudratimni bilib oling!”
14
“Oramizda kim yamlamay yutadigan olov bilan tura oladi? Oramizdagi kim yonib bitmas alanga yonida qola oladi?” deya Quddusda gunohkorlar vahimaga tushdi, Nopoklarni qo‘rquv egallab oldi.
15
Mana, qarang solih yashayotganlarga! Ular to‘g‘ri gapni gapiradi, Tamagirlik foydasidan yuz o‘giradi, Pora olishdan qo‘llarini tiyadi. Qotillarning fitnalariga qo‘shilmaydi, Ko‘zlarini yovuzlik jalb qila olmaydi.
16
Ha, shundaylarning maskani yuksaklarda bo‘ladi, Tog‘lardagi qoyalar boshpanasi bo‘ladi. Nonu suvi hech qachon yetmay qolmaydi.
17
Mana, ko‘zlaringiz ulug‘vor shohni, Keng yoyilgan yurtni ko‘radi.
18
Shunda o‘tmishdagi qo‘rquvni eslab, deysiz: “Qani ekan o‘sha bosh lashkarboshi? Qani o‘sha o‘ljalarni o‘lchagan odam? Qani endi minoralarni sanaganlar?”
19
Sizlar tillarini tushunmaydigan, Gaplarini anglamaydigan, O‘sha takabbur xalqni endi ko‘rmaysiz!
20
Mana, qarang Quddusga! Bayramlarimiz shahriga boqing. O‘z ko‘zlaringiz bilan Sionni, O‘sha osuda maskanni ko‘rasiz. Bu chodir hech qachon ko‘chmaydi, Uning qoziqlari surilmaydi, Bironta arqoni uzilmaydi.
21
Ha, u yerda qudratli Egamiz bizning shohimiz bo‘ladi, U yerda keng daryolaru irmoqlar bo‘ladi. Eshkakli urush kemalari kechib o‘ta olmaydi, Yelkanli jang kemalari ham u yerda suza olmaydi.
22
Axir, Egamiz hukmronlik qiladi, Uning O‘zi qonun–qoidani o‘rnatadi. Egamiz bizning shohimizdir, Uning O‘zi bizga najot beradi.
23
Kemangizning machtasi mustahkam emas, Uning arqonlari zaiflashgan, Uning yelkani yoyilmaydi. So‘ng mo‘l–ko‘l o‘lja bo‘linadi, Hatto cho‘loq ham o‘ljaga sherik bo‘ladi.
24
Orangizda hech kimsa, “Men xastaman”, demaydi, Quddusdagilarning gunohlari kechiriladi.
← Chapter 32
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 53
Chapter 54
Chapter 55
Chapter 56
Chapter 57
Chapter 58
Chapter 59
Chapter 60
Chapter 61
Chapter 62
Chapter 63
Chapter 64
Chapter 65
Chapter 66
Chapter 34 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50
51
52
53
54
55
56
57
58
59
60
61
62
63
64
65
66