bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Isaiah 28
Isaiah 28
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 27
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 53
Chapter 54
Chapter 55
Chapter 56
Chapter 57
Chapter 58
Chapter 59
Chapter 60
Chapter 61
Chapter 62
Chapter 63
Chapter 64
Chapter 65
Chapter 66
Chapter 29 →
1
Ey ulug‘vorlik toji bo‘lgan shahar! Holingga voy! Efrayim, mast–alastlarining ulug‘vorligi eding sen! Eh, ajoyib, go‘zal shahar eding! Shuhrating gulday so‘lmoqda! Serhosil vodiydagi unumdor shahar eding. Tubanlashding sharobdan!
2
Mana, Rabbiyning kuchli bir bahodiri bor. U selga, vayron keltiradigan quyunga o‘xshaydi. Yuvib ketadigan, toshqin jalalarga o‘xshaydi. O‘z qo‘llari bilan u Efrayimni yakson qiladi.
3
Eh, Efrayim mast–alastlarining ulug‘vorlik toji! Ana endi oyoq ostida toptaladi!
4
Serhosil vodiydagi unumdor shahar edi! Endi ularning shuhrati gullar kabi so‘nadi. Ular ilk pishgan anjirlarga o‘xshaydi, Pishgan zahoti yulinib, yutib yuboriladi.
5
O‘sha kuni Sarvari Olam O‘zining xalqidan qolganlari uchun Shuhrat tojiyu ajoyib gulchambar bo‘ladi.
6
Hukm kursisida o‘tirganlarga U adolat ruhini beradi. Darvozadan dushmanga zarba beradiganga U jasorat manbayi bo‘ladi.
7
Ruhoniy, payg‘ambarlar sharob tufayli, O‘tkir ichimliklardan gandiraklab yuradi. Ha, sharob, bo‘zalardan ularning boshi aylanadi, May dastidan ular yo‘llaridan adashadi, O‘tkir ichimlikdan gandiraklab yuradi. Ular vahiy ko‘rganlarida xato qiladi, Qiladigan hukmlarida adashadi.
8
Ularning dasturxoni qusuqqa to‘la, Birorta ham toza joy yo‘q.
9
Xo‘sh, Xudo kimlarga o‘rgatyapti? Kimga xabarini tushuntiryapti? Mana shu xalqqa! Endi ko‘krakdan ajratilgan, Sutdan ayrilgan go‘daklarga!
10
Ha, ular tushunarsiz gaplar, Mazmunsiz so‘zlar eshitadilar. Ozgina u yerda, ozgina bu yerda.
11
Xudo bu xalqqa begona tillarda, Tushunarsiz tilda gapiradi.
12
Ularga shunday degan: “Mana, orom! Charchaganlarga dam bering. Mana shu rohat, axir.” Ammo ular eshitishdan bosh tortdi.
13
Egam so‘zi ular uchun tushunarsiz gaplar, Mazmunsiz so‘zlarday bo‘ladi. Ozgina u yerda, ozgina bu yerda. Shunday qilib, yuray deganingizda Orqaga yiqilib, yaralanasiz, Tuzoqqa tushib, olib ketilasiz.
14
Shu bois Egamdan kelgan bu xabarni eshiting, Ey Quddusdagi masxaraboz hukmdorlar!
15
Sizlar shunday dedingiz: “Biz O‘lim bilan ahd qilganmiz, O‘liklar diyori ila bitim tuzganmiz. Dahshatli ofat kelib boshimizga tushmaydi. Axir, yolg‘onni panoh qilib olganmiz, Soxtalikni chodir qilib olganmiz.”
16
Shu bois Egamiz Rabbiy aytmoqda: “Mana, Men joylashtiryapman Quddusda Sinalgan bir toshni, poydevor toshini. Bu qadrli tamal toshi, ishonchli poydevordir. Ha, unga tayanganlar hech qachon umidsiz bo‘lmaydi.
17
Men adolat bilan hukm qilaman, To‘g‘rilik o‘lchovim bo‘ladi. Soxta panohingizni do‘l yuvib ketadi, Chodiringizni sellar yuvib ketadi.
18
O‘lim bilan tuzgan ahdingiz bekor bo‘ladi, O‘liklar diyori ila qilgan bitimingiz barbod bo‘ladi. Dahshatli ofat yurtdan o‘tayotganda, Sizlar yer bilan yakson bo‘lasiz.
19
Ha, har tongda, tunu kun O‘sha to‘fon sizni yuvib ketadi.” Eshitganingizni anglab yetganingizda, Bu xabar g‘oyat katta xavfdan darak beradi:
20
Yotgani to‘shagingiz kaltalik qiladi, Yopingani ko‘rpangiz ensizlik qiladi.
21
Perazim tog‘idagiday O‘z ishimni qilay, deb Egam qo‘zg‘aladi. Givon vodiysidagiday U g‘azabga minadi. Ha, U O‘zining ajoyib ishini qiladi. Uning ishlari hayratda qoldiradi.
22
Masxaralashni bas qiling endi, Bo‘lmasa zanjirlaringiz yana og‘irlashadi. Sarvari Olam — Rabbiy menga: “Butun yurtni vayron qilaman”, deb aytdi.
23
Tinglang, ovozimga quloq soling, Diqqat qiling, gaplarimni eshiting!
24
Dehqonlar ekish uchun yerga ishlov beraveradimi?! Tuproq kovlayveradi–yu, hech qachon ekmaydimi?!
25
Yo‘q, ular yerni tekislaydi, Keyin ukrop, zira urug‘ini sepadi. Belgilangan joylariga Har turli bug‘doy, arpa urug‘ini ekadi.
26
Ha, dehqonlar nima qilishini biladi, Xudo ularga aql–idrok bergan!
27
Axir, ukropni bolg‘a bilan yanchmaydi, Zirani arava g‘ildiragi bilan ezmaydi. Mana, ukropni kaltak bilan yanchib oladi, Zirani tayoq bilan ezib oladi.
28
Bug‘doydan un qilinadi, Ammo u to abad yanchilmaydi. Arava g‘ildiragi bug‘doy ustidan Chang bo‘lguncha yurg‘izilmaydi.
29
Bu donolik kelar Sarvari Olamdan, Uning maslahatlari ajoyib, donoligi buyukdir.
← Chapter 27
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 53
Chapter 54
Chapter 55
Chapter 56
Chapter 57
Chapter 58
Chapter 59
Chapter 60
Chapter 61
Chapter 62
Chapter 63
Chapter 64
Chapter 65
Chapter 66
Chapter 29 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50
51
52
53
54
55
56
57
58
59
60
61
62
63
64
65
66