bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Isaiah 32
Isaiah 32
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 31
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 53
Chapter 54
Chapter 55
Chapter 56
Chapter 57
Chapter 58
Chapter 59
Chapter 60
Chapter 61
Chapter 62
Chapter 63
Chapter 64
Chapter 65
Chapter 66
Chapter 33 →
1
Ana, shoh solihlik bilan hukmronlik qiladi, Hukmdorlar adolat bilan boshqaradi.
2
Har bir odam shamoldan asraydigan panohday bo‘ladi, Bo‘rondan saqlaydigan boshpana kabi bo‘ladi. Ular sahrodagi suv o‘zaniga o‘xshaydi, Tashna yerdagi ulkan qoyaning soyasiday bo‘ladi.
3
Ko‘radiganlarning ko‘zlari endi yumilmaydi, Eshitadiganlar endi quloq soladi.
4
Idroksizning aqli anglaydigan bo‘ladi, Duduq odamning tili ravon bo‘ladi.
5
Ahmoqni endi aslzoda deb chaqirmaydilar, Yaramasni, hurmatga sazovor, deb aytmaydilar.
6
Mana, ahmoq kaltafahmlik bilan gapiradi, Fikri–zikri esa yovuzlik bilan band. Qilganlari — nopoklik, Egam haqida xato gapiradi. Och odamni u ochligicha qoldiradi, Chanqaganga suv bermaydi.
7
Battolning usullari yovuzdir, U yomonliklar rejalashtiradi, Faqirlarning iltijolari to‘g‘ri bo‘lsa ham, Yolg‘on gap–so‘zlar bilan ularni vayron qiladi.
8
Olijanob odamlar esa yaxshi rejalar tuzadi, Yaxshi niyat qilib, o‘z so‘zida turadi.
9
Ey siz, beg‘am ayollar, Turinglar, Menga quloq solinglar! Ey siz, o‘ziga ishongan qizlar, Mening gaplarimni eshitinglar!
10
Ey sizlar, beparvo yurganlar, Bir yil o‘tar–o‘tmas titray boshlaysiz. Uzum hosili yaxshi bo‘lmaydi, Meva hosili bo‘lmaydi.
11
Qo‘rqing, ey siz, beg‘am ayollar, Qaltirang, ey o‘ziga ishongan qizlar! Tavba qilib, kiyimingizni yechib tashlang. Qanorga o‘ranib, belingizni bog‘lang!
12
Ko‘kragingizga urib yig‘lang Ajoyib dalalaringiz, Serhosil uzumzorlaringiz uchun!
13
Xalqimning yeri uchun yig‘lang! U yerni tikan, yantoq butalari bosib ketadi. Ha, shodlikka to‘la bo‘lgan uylar uchun, Quvnoq shahar uchun aza tuting!
14
Mana, saroy tashlandiq bo‘lib qoldi, Gavjum shahar sahroga aylandi. Qal’ayu minora to abad Yovvoyi eshaklar yayraydigan joy, Chorva uchun yaylov bo‘ldi.
15
Toki yuqoridan ustimizga Ruh yog‘ilmaguncha shunday bo‘ladi. Undan keyin sahrolar serhosil dalaga aylanadi, Serhosil dala o‘rmon sifat bo‘ladi.
16
Shunda odillik sahroda makon qiladi, Solihlik serhosil dalada maskan qiladi.
17
Solihlik mevasi tinchlik bo‘ladi, Solihlik samarasi to abad xotirjamlik, ishonch bo‘ladi.
18
Xalqim yashaydi sokin joylarda, Bexavotir uylarda, xotirjam maskanlarda.
19
O‘sha o‘rmonni do‘l yakson qiladi, U shahar esa tamomila yo‘q bo‘ladi.
20
Shunday bo‘lsa ham, naqadar baxtlisiz! Irmoqlar bo‘yida ekin ekasiz. Chorvayu podangiz yaylovlarni kezib yuradi.
← Chapter 31
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 53
Chapter 54
Chapter 55
Chapter 56
Chapter 57
Chapter 58
Chapter 59
Chapter 60
Chapter 61
Chapter 62
Chapter 63
Chapter 64
Chapter 65
Chapter 66
Chapter 33 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50
51
52
53
54
55
56
57
58
59
60
61
62
63
64
65
66