bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Isaiah 60
Isaiah 60
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 59
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 53
Chapter 54
Chapter 55
Chapter 56
Chapter 57
Chapter 58
Chapter 59
Chapter 60
Chapter 61
Chapter 62
Chapter 63
Chapter 64
Chapter 65
Chapter 66
Chapter 61 →
1
Ey Quddus xalqi, tur, porlagin! Axir, nuring keldi, Egamizning ulug‘vorligi ustingga yog‘ildi.
2
Mana, yer yuzini zulmat qopladi, Xalqlarni quyuq zulmat bosdi. Ammo Egamiz senga keladi, Sen uzra Uning ulug‘vorligi porlaydi.
3
Xalqlar sening nuringga keladi, Tonggi yorug‘ligingga shohlar keladi.
4
Boshingni ko‘tarib, atrofingga boq! Hammasi to‘planib, senga kelmoqda. O‘g‘illaringni uzoqlardan olib keladilar, Qizlaringni chaqaloqlarday qo‘llarda ko‘tarib keladilar.
5
O‘shanda shularni ko‘rib, nur sochasan, Yuraging hapriqib, qinidan chiqquday bo‘ladi. Zotan, dengiz orqali keladigan boyliklar senga nasib etadi, Xalqlarning boyligi senga keladi.
6
Yurting tuya suruvlariga to‘lib ketadi, Midiyon, Efaxning bo‘taloqlari bilan to‘ladi. Ularning hammasi Shava yurtidan keladi, Oltinu tutatqilar olib keladi. Ular Egamizga madhlar aytadi.
7
Kedarning hamma qo‘y suruvlari senga keladi, Navayotning qo‘chqorlari senga xizmat qiladi. Egamizning qurbongohida Ular qurbonlik, deb qabul qilinadi. Egamiz O‘z uyini yanada ulug‘vor qiladi.
8
Bulutlar kabi uchayotgan nima u? Inlariga uchayotgan kaptarlarga o‘xshash nima u?
9
Shubhasiz, dengiz ortidagi yurtlar Egamizga muntazir bo‘ladi. Isroil xalqining muqaddas Xudosi — Egangiz Xudoning sharafiga Tarshish kemalari boshchiligida Bolalaringni uzoqdan olib kelishadi, Oltinu kumushlari bilan birga olib kelishadi. Zotan, Egamiz seni ulug‘vorlik bilan qoplagan.
10
Egamiz Quddusga shunday deydi: “Begonalar devorlaringni tuzatadi, Shohlari senga xizmat qiladi. G‘azablanganimda senga jazo bergan bo‘lsam ham, Endi marhamat qilib, senga shafqat qilaman.
11
Darvozalaring doimo ochiq bo‘ladi, Ular kechayu kunduz yopilmaydi. Shunda xalqlar senga boyliklarini olib keladi, Ularni o‘z shohlari boshlab keladi.
12
Senga xizmat qilmagan elatu shohlik yo‘q bo‘ladi, Ha, u xalqlar butunlay vayronaga aylanadi.
13
Lubnonning faxrlangan daraxtlari senga keladi. Sarv, chinor, sadr yog‘ochlari Muqaddas maskanimni bezatish uchun keltiriladi. Oyog‘im turgan shu joyga Men shuhrat keltiraman.
14
Senga zulm qilganlarning o‘g‘illari kelib, Senga ta’zim qiladilar. Sendan nafratlanganlarning hammasi Oyoqlaringga yiqiladi. Ular seni: ‘Egamizning shahri, Isroil xalqining muqaddas Xudosining shahri — Sion ’, deb atashadi.
15
Ilgari sen tashlab ketilgan, Hamma nafrat etgan, Biror kimsa o‘tmaydigan joy eding. Endi Men seni abadiy ulug‘vor qilaman, Jamiki nasllarning shodligi qilaman.
16
Elatlar, shohlar seni ona kabi emizadilar, O‘shanda Men, Egang, sening najotkoring ekanligimni bilib olasan, Yoqub naslining qudratli Xudosi — Qutqaruvching Men ekanligimni anglaysan.
17
Senga bronza o‘rniga oltin, Temir o‘rniga kumush, Yog‘och o‘rniga bronza, Tosh o‘rniga temir keltiraman. Tinchlik sening hakaming, Solihlik hukmdoring bo‘ladi.
18
Yurtingda endi zo‘ravonlik tovushi eshitilmaydi, Chegarang ichida vayronagarchilik, halokat bo‘lmaydi. Devorlaringga, Najot, deya nom qo‘yasan, Darvozalaringga, Sharaf, deya nom berasan.
19
Endi kunduzi nuringni quyosh bermaydi, Oy ham yorug‘lik manbaing bo‘lmaydi. Senga Mening O‘zim to abad nur manbayi bo‘laman, Men, Xudoying, sening ulug‘vorliging bo‘laman.
20
Quyoshing hech qachon botmaydi, Oying endi boshqa yashirinmaydi. Ha, Men sening to abad nuring bo‘laman, Qayg‘uli kunlaring tamom bo‘ladi.
21
Xalqingning hammasi solih bo‘ladi, Ular yurtni to abad mulk qilib oladi. O‘zim o‘tqazgan niholdir ular, Menga shuhrat keltirsin, deb yaratgan Qo‘llarimning ijodi ular.
22
Eng kichik odamingdan mingta odam chiqadi, Eng zaif odamingdan kuchli xalq paydo bo‘ladi. Men, Egang, buni o‘z vaqtida tez bajo qildiraman.”
← Chapter 59
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 53
Chapter 54
Chapter 55
Chapter 56
Chapter 57
Chapter 58
Chapter 59
Chapter 60
Chapter 61
Chapter 62
Chapter 63
Chapter 64
Chapter 65
Chapter 66
Chapter 61 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50
51
52
53
54
55
56
57
58
59
60
61
62
63
64
65
66