bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Isaiah 19
Isaiah 19
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 18
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 53
Chapter 54
Chapter 55
Chapter 56
Chapter 57
Chapter 58
Chapter 59
Chapter 60
Chapter 61
Chapter 62
Chapter 63
Chapter 64
Chapter 65
Chapter 66
Chapter 20 →
1
Misr haqida bashorat. Ana, Egam minib olgan uchqur bulutga, U keladi Misrga. Misrning behuda butlari Uning oldida titrar, Misrning yuragi esa orqaga tortar.
2
“Misr xalqini bir–biriga sapchitaman. Aka–ukalaru do‘stlar, Shaharlaru shohliklar Bir–biriga qarshi chiqar.
3
Misrdagi ruhlar bitta qolmay qochib ketadi. Men Misrning rejayu niyatlarini puchga chiqaraman. Ular qidirib qolar Behuda butlarniyu sehrgarlarni, Folbinlaru otalari ruhlarini.
4
Men Misrni berahm xo‘jayinlarga topshiraman, Ha, kuchli shoh ularni boshqaradi”, — demoqda Sarvari Olam — Rabbiy.
5
Nil suvi qurib qoladi, Daryo qurib boraveradi, U jizg‘anak yer bo‘ladi.
6
Oqar suvlar badbo‘y hid chiqaradi, Misrdagi Nil pasayib, quriydi. Poyalaru qamishlar chiriydi.
7
Nil qirg‘og‘idagi, daryo bo‘yidagi qamishlar, Nil bo‘yiga ekilgan hamma ekinlar Qurib ketadi, sovuriladi, Ulardan hech narsa qolmaydi.
8
Baliqchilar aza tutar, Nilga qarmoq tashlaganlar yig‘lar, Suvga to‘r yoyganlar umidsiz bo‘lar.
9
Zig‘ir tolasiga ishlov beradiganlar Sharmanda bo‘ladilar, Oq mato to‘qiydiganlar Uyatga qolib ketadilar.
10
Ularning dastgohlari ishdan chiqadi, Barcha ishchilari tushkunlikka tushadi.
11
Ey Zo‘van shahzodalari, g‘irt ahmoqsiz axir, Ey Fir’avn maslahatchilari, sizning donoligingiz ham shunday. Maslahatlaringiz daf bo‘ladi. Qanday qilib siz fir’avnga: “Biz donolarning o‘g‘limiz, Qadim shohlar naslidanmiz”, deya ayta olasiz?!
12
Ey Fir’avn, qani o‘sha dono odamlaringiz?! Sarvari Olam Misrga nima reja qilganini Ular sizga bildirsin, aytsin.
13
Mana, Zo‘van shahzodalari ahmoq bo‘ldilar, Nuf shahzodalari aldandilar. Misrni o‘z qabila boshliqlari yo‘ldan urdilar,
14
Ularning aqlini Egam chalkashtirdi, Qusig‘iga dumalaydigan mast qanday bo‘lsa, Misrni ular shunday yo‘ldan ozdirar.
15
Misrga hech kim yordam bera olmas, Na boshi, na quyrug‘i, na xurmosi, na qamishi.
16
O‘sha kuni Misr xotin kishiga o‘xshab qoladi. Sarvari Olam unga qarshi qo‘lini ko‘taradi, shunda Misr titrab dahshatga tushadi.
17
Yahudo Misrliklarni dahshatga soladi. Sarvari Olam ularni vahimaga solganini eslagan har bir odam dahshatga tushadi.
18
O‘sha kunga kelib, Misrdagi beshta shahar ibroniy tilida gapiradigan bo‘ladi. Ular Sarvari Olam oldida ont ichadilar. Bu shaharlardan biri “Quyosh shahri”, deb ataladi.
19
O‘sha kuni Misrning o‘rtasida Egamiz uchun bir qurbongoh, chegarada bir muqaddas tosh o‘rnatiladi.
20
Bular Sarvari Olam uchun Misrda bir belgi va guvoh bo‘ladi. Xalq zolimlar dastidan yolvorganda, Egamiz ularni qutqaradigan bir himoyachi yuboradi. U xalqni qutqaradi.
21
Egamiz O‘zini Misrliklarga zohir qiladi. Misrliklar ham o‘sha kuni Uni taniydilar. Egamizga qurbonliklar keltirib, nazrlar atab, sajda qiladilar. Unga va’da berib, va’dalarini ado etadilar.
22
Egamiz Misrliklarni xastalik keltirish bilan jazolaydi, keyin shifo beradi. Ular Egamizga yolvoradilar, Egamiz ularga shifo beradi.
23
O‘sha kuni Misr bilan Ossuriya o‘rtasida bir yo‘l bo‘ladi. Ossuriyalik Misrga, Misrlik Ossuriyaga borib kelaveradi. Ossuriyaliklar bilan Misrliklar birgalikda sajda qiladilar.
24
O‘sha kuni Misr bilan Ossuriya qatorida Isroil uchinchi xalq bo‘ladi. Uchalovi yer yuziga baraka bo‘ladi.
25
Ha, Sarvari Olam shunday degan: “Baraka topinglar! Ey xalqim Misr, qo‘llarimning ijodi Ossuriya, O‘zimning mulkim Isroil!”
← Chapter 18
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 53
Chapter 54
Chapter 55
Chapter 56
Chapter 57
Chapter 58
Chapter 59
Chapter 60
Chapter 61
Chapter 62
Chapter 63
Chapter 64
Chapter 65
Chapter 66
Chapter 20 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50
51
52
53
54
55
56
57
58
59
60
61
62
63
64
65
66