bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Isaiah 57
Isaiah 57
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 56
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 53
Chapter 54
Chapter 55
Chapter 56
Chapter 57
Chapter 58
Chapter 59
Chapter 60
Chapter 61
Chapter 62
Chapter 63
Chapter 64
Chapter 65
Chapter 66
Chapter 58 →
1
Egam aytar: “Solih odamlar o‘lib ketyapti, Hech kim bu haqda fikr yuritmaydi. Taqvodorlar yo‘q bo‘lyapti. Yovuzlikdan qutqarilsin, deb Solihlar olamdan o‘tadi. Hech kim bu haqda o‘ylab ko‘rmaydi.
2
Solih insonlar tinchlikka erishadi, To‘g‘ri yurganlar o‘limda ham orom topadi.
3
Sizlar esa, ey folbinning o‘g‘illari, Yaqinroq keling! Bu yoqqa keling, ey zinokor, fohishalar urug‘i!
4
Xo‘sh, sizlar kimning ustidan kulyapsiz? Kimga qarshi og‘iz ochyapsiz? Kimga qarab tilingizni chiqaryapsiz? Axir, itoatsizlarning bolalarisiz–ku! Yolg‘onchining urug‘idan kelib chiqqansizlar–ku! Shunday emasmi?!
5
Har bir yam–yashil daraxt ostida Shahvat bilan gunohga berildingiz! Daryo bo‘ylarida, qoyalar kovagida O‘z farzandlaringizni qurbonlik qildingiz!
6
Sizlar sevgan butlar daryoning silliq toshlari orasidadir! Ha, o‘sha butlarga sizlar ko‘ngil qo‘ygansiz! Ana o‘shalarga ichimlik nazrlari berdingiz, Ularga don nazrlarini atadingiz. Xo‘sh, bular Meni qondirsinmi?!
7
Baland, buyuk tog‘da yotoq qurasiz, Qurbonlik keltiray, deb o‘sha yerga chiqasiz.
8
Eshiklaringiz orqasiga, Eshiklaringizning kesakisi ortiga Jirkanch tamg‘alaringizni qo‘ydingiz. Ha, Mendan yuz o‘girdingiz, Yalang‘och bo‘lib yotog‘ingizga kirdingiz, O‘ynashlaringiz bilan ahd tuzdingiz, Ular bilan yotishni juda yoqtirib qoldingiz. Ularning yalang‘och badanidan ko‘z uzmadingiz.
9
Zaytun moyi bilan ko‘pgina xushbo‘y atirlar olib, O‘z shohingizga hadyalar qildingiz. Uzoqlarga, hatto o‘liklar diyoriga Elchilaringizni yubordingiz.
10
U yoqdan–bu yoqqa yuraverib, toliqdingiz, Ammo shunda ham umidingizni uzmadingiz. Qaytadan kuch tikladingiz, Shu bois hech zaiflashmadingiz.
11
Kim sizlarni vahimaga soldi? Kim sizlarni shunchalik qo‘rqitdi? Yolg‘on gapirdingiz. Meni eslamadingiz! Men haqimda o‘ylab ham ko‘rmadingiz! Uzoq sukut saqlaganim sababli Mendan qo‘rqmay qo‘ydingiz!
12
Mana endi, o‘zingizcha to‘g‘ri, deb bilgan O‘sha ishlaringizni ochib tashlayman. Ular sizga bitta ham foyda keltirmaydi.
13
Yordam so‘rab, faryod qilganingizda Atrofingizdagi butlar sizlarni qutqarsin! Ularning hammasini shamol supurib ketadi, Shabada ularni uchirib ketadi. Mendan panoh topganlar esa yurtni mulk qilib oladi, Ular Mening muqaddas tog‘imga egalik qiladi.”
14
Egam shunday aytmoqda: “Tuproq yig‘ib, yo‘lni tayyorlang, Xalqim yo‘lidagi to‘siqlarni olib tashlang.”
15
Yuksak, yuqori bo‘lgan, abadiy yashaydigan Egamiz, Nomi muqaddas Egamiz shunday aytmoqda: “Men yuksakda, muqaddas maskanda yashayman. Kamtarlar ruhini qayta tiklay, deb Itoatkorlar qalbini jonlantiray, deb Ruhi kamtar, itoatkor odamlar bilan birgaman.
16
Axir, Men to abad da’volashmayman, Abadiy qahr–g‘azabda bo‘lmayman. Aks holda Men yaratgan tirik jonzot, Inson zoti oldimda tura olmasdi.
17
Ularning gunohu hasadgo‘yligi tufayli G‘azablanib, ularni jazoladim. Qahr bilan ulardan yuz o‘girdim, Ammo baribir istagan yo‘llaridan ketdilar.
18
Ularning yurgan yo‘llarini ko‘rdim, Mayli, endi shifo berib, yo‘l ko‘rsataman, Ularga ham, aza tutayotganlarga ham O‘zim tasalli beraman.
19
Ularning tillarini madhiyaga to‘ldiraman. Uzog‘u yaqindagilarga tinchlik bo‘lsin! — demoqda Egamiz. — Men ularga shifo beraman.
20
Fosiqlar esa to‘lqinlangan dengizdaydir. Ha, ular tinch tura olmaydigan dengizga o‘xshaydi. O‘sha dengizning suvlari loy, balchiq keltiradi.”
21
Xudoyim shunday deydi: “Yomonlarga tinchlik yo‘q.”
← Chapter 56
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 53
Chapter 54
Chapter 55
Chapter 56
Chapter 57
Chapter 58
Chapter 59
Chapter 60
Chapter 61
Chapter 62
Chapter 63
Chapter 64
Chapter 65
Chapter 66
Chapter 58 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50
51
52
53
54
55
56
57
58
59
60
61
62
63
64
65
66