bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Isaiah 41
Isaiah 41
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 40
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 53
Chapter 54
Chapter 55
Chapter 56
Chapter 57
Chapter 58
Chapter 59
Chapter 60
Chapter 61
Chapter 62
Chapter 63
Chapter 64
Chapter 65
Chapter 66
Chapter 42 →
1
Egam aytar: “Mening oldimda sukut saqlang, Ey dengiz ortidagi yurtlar! Xalqlarning kuchi qayta tiklansin. Ular yaqinroq kelib, gapirsinlar. Hukm qilishga birga yig‘ilaylik.
2
Kim sharqdan g‘olib shohni chaqirdi? Kim uni o‘z xizmatiga chaqirdi? Kim unga elatlarni bo‘ysundiradi? Kim shohlarni oyog‘i ostida ezadi? Qilichi bilan ularni chopib tashlaydi, Yoyi bilan ularni somonday uchiradi.
3
Ularni ta’qib qiladi, Oyoq bosmagan yo‘ldan yuradi, O‘sha joylardan eson–omon o‘tadi.
4
Bularni qiladigan kim, bajaradigan kim?! Boshidan avlodlarni dunyoga keltirgan kim?! Men emasmi?! Azaldan Men sizning Egangizman, Oxirgacha ham Egangiz bo‘laman.
5
Dengiz ortidagi yurtlar Buni ko‘rib, qo‘rqadi. Yer yuzining to‘rt burchidan titrab, Ular yaqinlashib keladi.
6
‘Qo‘rqmagin’, deya hamma Bir–biriga dalda beradi.
7
Mana, hunarmand odam Tilla ustasiga dalda beradi. ‘Ha, yaxshi chiqdi’, deb misgar Temirchiga dalda beradi. Yiqilib tushmasin, deb butni mixlab qo‘yadi.
8
Ammo sen–chi, ey qulim Isroil, Ey O‘zim tanlagan Yoqub nasli, Do‘stim Ibrohimning avlodi!
9
Seni yerning to‘rt burchidan olib keldim, Yerning olis burchaklaridan chaqirdim. Aytdimki: ‘Sen Mening qulimsan, Seni tanladim, rad etmadim.’
10
Qo‘rqma, Men sen bilan birgaman, Vahimaga tushma, Men sening Xudoyingman. Senga kuch beraman, O‘zim yordamga kelaman, G‘olib o‘ng qo‘lim bilan seni qo‘llayman.
11
Ha, senga qarshi bo‘lganlarning hammasi Sharmandayu sharmisor bo‘lib qoladi, Dushmanlaring yo‘q bo‘ladi, nobud bo‘ladi.
12
Urush qiladiganlarni izlab ham topa olmaysan, Sen bilan jang qilganlar tamomila tugab bitadi.
13
Men O‘zim, Egang Xudo, o‘ng qo‘lingni kuchaytiraman, Senga: ‘Qo‘rqma, O‘zim yordamga kelaman’, degan Menman.”
14
Egamiz shunday aytmoqda: “Qo‘rqma, ey Isroil xalqi, Yoqub nasli! Sen kichkina bir chuvalchangdaysan. Ammo O‘zim senga yordam beraman. Men, Isroil xalqining muqaddas Xudosi, Sening Qutqaruvchingman.
15
Sendan bug‘doy yanchadigan xo‘ptir yasayman, Yangi, o‘tkir, tishli xo‘ptir qilaman, Sen tog‘larni yanchasan, ezasan, Tepaliklarni somon qilasan.
16
Sen ularni sovurib tashlaysan, Ularni shamol uchirib ketadi. Bo‘ron ularni to‘zg‘itadi, Sen esa Men, Egang, tufayli sevinch topasan, Isroil xalqining muqaddas Xudosi ila maqtanasan.
17
Qashshoqlaru muhtojlar suv izlar, Ammo suv yo‘q. Og‘izlari chanqoqdan qurib ketgan. Men, Egangiz, ularga javob beraman, Men, Isroil xalqining Xudosi, ularni tark etmayman.
18
Yalang‘och tepaliklar ustidan daryolar o‘tkazaman, Vodiylar o‘rtasida buloqlar ochaman. Sahrolarni suv to‘la hovuzlarga aylantiraman, Qaqragan yerda buloqlar ochaman.
19
Cho‘lda sadr, akas, zaytun daraxtlarini, Hamda mirta butalarini o‘stiraman, Sahroda sarv, archa, qarag‘ay daraxtlarini o‘stiraman.
20
Mana, hamma ko‘rib bilsin, Bularni Men, Egasining qo‘li qilganini tushunsin. Men, Isroil xalqining muqaddas Xudosi, Bularni yaratganimni ular anglab yetsin.”
21
Yoqub naslining Shohi — Egamiz, shunday deydi: “Da’volaringizni ayting, Isbotingizni keltiring.
22
Qani, butlaringizni olib keling, Kelajakda nima bo‘lishini Butlaringiz aytib bersin. O‘tmishda bo‘lganlarni tushuntirsin–chi! O‘shalar haqida o‘ylab ko‘raylik. Oxiri nima bo‘lishini bilaylik. Ha, bo‘ladiganlarni bizga aytsin.
23
Ey butlar! Kelajakni bizga bildiring, Shunda xudo ekanligingizni bilamiz. Biron yaxshilik yoki yomonlik qilib ko‘ring–chi, Ko‘rib, birgalikda vahimaga tushaylik.
24
Axir, sizlar hech nima emassiz, Ishlaringiz esa undan ham battar. Sizni tanlaganning o‘zi jirkanchdir.
25
Men shimoldan bir yetakchi chaqirdim. Ana, u keladi. Sharqdan kelib, Mening nomimga shuhrat keltiradi. Hukmdorlarni u tuproqday oyoq osti qiladi, Kulolning loyiday qilib tepkilaydi.
26
Kim buni oldindan aytibdiki, biz bilibmiz?! Kim buni ilgari bildiribdiki, ‘U haq edi’, deb aytsak?! Sizlar gapirganingizni hech kim eshitmadi, Hech kim aytmadi, xabar bermadi.
27
Quddusga bashorat qilinganlar, Qarang, mana o‘shalar! Ha, Sionga yana xushxabar elchisini Men yubordim.
28
Qaradim, lekin birontasi yo‘q, Orasida birorta maslahatchi yo‘q, So‘raganda javob beradigani yo‘q.
29
Qarang, butlarining hammasi soxta, Qilgan ishlari hech nima emas, Hamma butlari shamolday behuda.”
← Chapter 40
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 53
Chapter 54
Chapter 55
Chapter 56
Chapter 57
Chapter 58
Chapter 59
Chapter 60
Chapter 61
Chapter 62
Chapter 63
Chapter 64
Chapter 65
Chapter 66
Chapter 42 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50
51
52
53
54
55
56
57
58
59
60
61
62
63
64
65
66