bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Isaiah 11
Isaiah 11
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 10
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 53
Chapter 54
Chapter 55
Chapter 56
Chapter 57
Chapter 58
Chapter 59
Chapter 60
Chapter 61
Chapter 62
Chapter 63
Chapter 64
Chapter 65
Chapter 66
Chapter 12 →
1
Essayning tomiridan novda o‘sib chiqadi, Ha, uning ildizidan ko‘chat yoyiladi.
2
Uning ustida bo‘ladi Egamizning Ruhi. Bu donolik hamda aql–idrok, Nasihat va kuch–qudrat Ruhidir, Egamizni bilish va Undan qo‘rquv Ruhidir.
3
O‘sha Essay farzandi Egamizdan qo‘rqishdan zavq olar, Hukm qilmas ko‘zlari ko‘rgani ila, Ajrim qilmas eshitganlari ila.
4
U adolat ila bechorani hukm qiladi, To‘g‘rilik ila yer yuzi mazlumlarini ajrim qiladi. Bir og‘iz so‘zi bilan zolimni jazolaydi, Nafasi ila fosiqni o‘ldiradi.
5
Adolat uning belidagi kamar bo‘ladi, Haqqoniyat uning belidagi belbog‘ bo‘ladi.
6
Shunda bo‘ri qo‘zi bilan yashar, Sirtlon bilan uloqcha birga yotar, Buzoq, sher, bo‘rdoqi birgadir, Yosh bola ularni yetaklab yurar.
7
Sigir bilan ayiq birga o‘tlaydi, Bolalari ham birga yotadi, Sher ho‘kizga o‘xshab somonni yeydi.
8
Go‘dak qora ilon uyasi ustida o‘ynar, Chaqaloq qo‘lini ilon iniga suqar.
9
Muqaddas tog‘imning gir atrofida Ular zarar keltirmas yo chaqmas. Ha, suvlar to‘ldirganiday dengizni, Yer yuzi to‘liq biladi Egamizni.
10
Mana, Essayning ildizidan chiqqan shoh o‘sha kuni xalqlarga bayroq bo‘lib turadi. Elatlar uni izlab keladilar, Uning maskani ulug‘vorlikka to‘ladi.
11
O‘sha kuni Rabbiy qo‘lini ikkinchi marta uzatadi. U O‘z xalqidan qolganlarini qutqaradi. Ularni Ossuriyadan, Misrning shimoliy va janubiy hududlaridan, Habashistondan yig‘ib keladi. Elamdan, Bobildan, Xomatdan va dengiz sohillaridan olib keladi.
12
Elatlarga U belgisini ko‘rsatib, Isroilning quvilganlarini to‘playdi. Yer yuzining to‘rt burchagidan yig‘adi Yahudoning tarqalib ketganlarini.
13
Efrayimning hasadgo‘yligini qirqadi, Yahudoning xusumatini to‘xtatadi, Efrayim Yahudoga hasad qilmas, Yahudo Efrayimga xusumat qilmas.
14
G‘arbda ular filistlarga changal soladi, Birgalikda Sharq xalqini talaydi, Edom, Mo‘ab ularga bo‘yin egadi, Ommon xalqi tiz cho‘kadi.
15
Egamiz tamomila qirib yuborar Qizil dengizning qo‘ltig‘ini. Furot daryosiga qarshi qo‘l ko‘taradi. Garmsel keltirib, jizg‘anak qilib, Daryoni yetti sayoz irmoqqa bo‘lib tashlaydi, Irmoqlardan bir–bir hatlab o‘tsa bo‘ladi.
16
Ha, Isroil Misrdan chiqqanda, Ularga yo‘l ochilganiday Egamizning xalqidan qolganlarga Ossuriyadan katta yo‘l ochiladi.
← Chapter 10
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 53
Chapter 54
Chapter 55
Chapter 56
Chapter 57
Chapter 58
Chapter 59
Chapter 60
Chapter 61
Chapter 62
Chapter 63
Chapter 64
Chapter 65
Chapter 66
Chapter 12 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50
51
52
53
54
55
56
57
58
59
60
61
62
63
64
65
66