bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Isaiah 38
Isaiah 38
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 37
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 53
Chapter 54
Chapter 55
Chapter 56
Chapter 57
Chapter 58
Chapter 59
Chapter 60
Chapter 61
Chapter 62
Chapter 63
Chapter 64
Chapter 65
Chapter 66
Chapter 39 →
1
O‘sha kunlari Hizqiyo qattiq kasal bo‘lib qoldi. Omiz o‘g‘li Ishayo uning huzuriga kelib, shunday dedi: “ Egamiz shunday aytmoqda: ‘Tayyorgarligingni ko‘rib qo‘yaver, tuzalmaysan endi, o‘lasan.’”
2
Hizqiyo yuzini devorga burib, Egamizga yolvordi:
3
“Ey Egam! Esla! Doimo sodiqlik va butun qalbim bilan huzuringda yurdim! Ko‘z o‘ngingda o‘sha yaxshi ishlarni qildim.” Shunday deb achchiq–achchiq yig‘ladi.
4
Shundan keyin Ishayoga Egamizning quyidagi so‘zi ayon bo‘ldi:
5
“Borib, Hizqiyoga shunday deb ayt: ‘Bobong Dovudning Xudosi — Egamiz shunday aytmoqda: «Iltijolaringni eshitdim, ko‘z yoshlaringni ko‘rdim. Umringni yana o‘n besh yilga uzaytiraman.
6
O‘zingni va bu shaharni Ossuriya shohining qo‘lidan xalos qilaman. Ha, bu shaharni himoya qilaman.
7
Ey Hizqiyo! Mana senga Mendan nishona. Men, Egang, bergan va’damni bajaraman.
8
Mana qara! Botayotgan quyosh Oxozning zinapoyasiga soya tushirib turibdi. O‘sha soyani o‘n qadam orqaga surdiraman».’” Shunday qilib, soya o‘n qadam orqaga ketdi.
9
Shoh Hizqiyo sog‘aygandan keyin quyidagi she’rni yozdi:
10
Men aytdim: “Hayotim cho‘qqisida O‘liklar diyoriga boramanmi? Umrimning qolgani xazon bo‘lsinmi?
11
Men Egamni ko‘rmayman. Ha, Uni ko‘rmasman bu yorug‘ yer yuzida. Tirik zotlarni endi ko‘rmayman. Bu dunyodagilar bilan bo‘lmayman.
12
Cho‘ponning chodiri yig‘ilganiday Mening umrim uzildi, Mendan tortib olindi. Umrim to‘quvchining matosi kabi bitdi. Uning dastgohidagi ipday Mening umrim ham qirqildi. Ey Rabbiy, tunu kun meni qiynaysan.
13
Tonggacha faryod qildim, Sherday hamma suyaklarimni sindirasan. Ey Rabbiy, tunu kun meni qiynaysan.
14
Qaldirg‘ochu turnaday nola qildim, Musichaday oh–voh qildim. Yuqoriga qarayverib, ko‘zlarim toldi, Ey Rabbiy, ezildim, yordam ber menga!
15
Endi men nima desam ekan?! Egam menga nima aytgan bo‘lsa, Uning O‘zi o‘shani qildi. Jonim tortgan bu azoblar tufayli Umrim bo‘yi itoat etib yuraman.
16
Ey Rabbiy, Sening tarbiyang yaxshidir, Chunki u hayotu sog‘likka yetaklaydi. Sen menga sog‘ligimni qaytarding, Menga qayta hayot baxsh etding.
17
Mana, hamma qiyinchiligim Yaxshilikka aylandi. Qabrdan meni saqlading, Hamma gunohlarimni kechirding.
18
Axir, o‘liklar diyori Senga shukr qilmaydi, O‘lim Senga hamdu sano aytmaydi. Qabrga boradiganlar Sening sadoqatingdan umid qilmaydi.
19
Mana, men senga shukr aytmoqdaman. Axir, tiriklar, faqatgina tiriklar Senga shukr aytadilar–ku! Otalar o‘zlarining farzandlariga Sening sadoqatingni bildiradilar.
20
Egam meni qutqaradi. Butun umrimiz bo‘yi torli asboblar ila Egamning uyida biz kuylaymiz.”
21
Ishayo: “Anjir shirasini olib kelib, yaraning ustiga qo‘yinglar. Shunda Hizqiyo sog‘ayadi”, — degan edi.
22
Hizqiyo esa: “ Egamizning uyiga borishimni qanday bilaman? Buni nima isbotlaydi?” — deb so‘ragandi.
← Chapter 37
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 53
Chapter 54
Chapter 55
Chapter 56
Chapter 57
Chapter 58
Chapter 59
Chapter 60
Chapter 61
Chapter 62
Chapter 63
Chapter 64
Chapter 65
Chapter 66
Chapter 39 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50
51
52
53
54
55
56
57
58
59
60
61
62
63
64
65
66