bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Isaiah 54
Isaiah 54
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 53
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 53
Chapter 54
Chapter 55
Chapter 56
Chapter 57
Chapter 58
Chapter 59
Chapter 60
Chapter 61
Chapter 62
Chapter 63
Chapter 64
Chapter 65
Chapter 66
Chapter 55 →
1
Egam aytar: “Ey bola ko‘rmagan bepusht ayol! Shodlikdan hayqir! Ey to‘lg‘oq og‘rig‘ini bilmagan ayol! Sevinchdan hayqir! Axir, tashlab ketilgan ayolning bolalari Eri bor xotinnikidan ham ko‘proq bo‘ladi.
2
Chodiring joyini kengaytirgin, Chodiring pardalarini keng cho‘zdirgin! Hech narsani ayama! Arqonlaringni uzun tashlagin, Qoziqlaringni mahkam qoqqin!
3
Axir, mulking o‘ngu so‘lga kengayib ketadi. Avloding xalqlarni mulk qilib oladi, Ular tashlandiq shaharlarni to‘ldiradi.
4
Qo‘rqma, uyatga qolmaysan, Uyalma, sharmanda bo‘lmaysan! Axir, sen yoshligingdagi sharmandalikni unutasan, Bevaligingdagi sharmandalikni boshqa eslamaysan.
5
Zotan, Men, Yaratuvching, sening ering bo‘laman. Mening nomim Sarvari Olamdir! Men, Isroil xalqining muqaddas Xudosi, Qutqaruvchingman, Men butun yer yuzining Xudosi, deb atalaman.
6
Ey Isroil! Sen tashlab ketilgan, Ruhi azoblangan ayoldaysan. Rad etilgan, yosh xotindaysan. Ammo Men, Egang, seni chaqirib olaman, — demoqda Xudoying. —
7
Qisqa vaqtga Men seni tark etgandim, Buyuk shafqat ila seni qaytarib olaman.
8
Qattiq g‘azabda sendan bir lahzaga yuz o‘girgandim, Endi tuganmas mehr bilan senga rahm qilaman, — demoqda Qutqaruvching — Egamiz. —
9
Ha, Men uchun bu Nuh davri kabidir. Endi yer yuzini Nuh to‘foni kabi, Hech qachon suv bosmaydi, deb ont ichganman. Xuddi shunday qilib, yana ont ichaman: ‘Hech qachon sendan g‘azablanmayman, Senga jahl qilmayman!’
10
Tog‘lar o‘rnidan qo‘zg‘alsa ham, Tepaliklar tebransa ham, Mening sodiq sevgim sendan ketmaydi, Mening tinchlik ahdim o‘zgarmaydi, — demoqda seni sevguvchi — Egamiz. —
11
Ey mazlum shahar! Bo‘ronlarda qolding, ammo hech kim seni yupatmadi! Mana, Men firuza toshlar ishlatib, seni qayta quraman. Zangori yoqut toshlardan senga poydevor qo‘yaman.
12
Minoralaringni yoqutlardan quraman, Darvozalaringni gavharlardan qilaman, Barcha devorlaringni qimmatbaho toshlardan quraman.
13
Hamma bolalaringga Men, Egang, ta’lim beraman, Farzandlaringning tinchligi buyuk bo‘ladi.
14
Men seni dushmanlaringdan xalos qilganimda Sen bexatar bo‘lasan. Zulm sendan uzoqda bo‘ladi, Halokatdan qo‘rqmaysan, Chunki u senga yaqinlashmaydi.
15
Agar kimdir senga hujum qilsa, Bilginki, uni Men qilmagan bo‘laman. Senga hujum qilgan har kim mag‘lub bo‘ladi.
16
Temirchiga qara! U toshko‘mir cho‘g‘ini puflaydi, Ishi uchun asboblarini yasaydi. Uni Men yaratganman. Vayron qilsin, deb Bosqinchini ham Men yaratdim.
17
Senga qarshi yasalgan Hech qanday qurol g‘alaba qilmaydi. Sen bilan da’volashgan har bir odamning Da’volarini sen yo‘qqa chiqarasan. Ana shular Mening qullarimning ulushidir, Ularni Men oqlayman.” Egamizning kalomi shudir.
← Chapter 53
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 53
Chapter 54
Chapter 55
Chapter 56
Chapter 57
Chapter 58
Chapter 59
Chapter 60
Chapter 61
Chapter 62
Chapter 63
Chapter 64
Chapter 65
Chapter 66
Chapter 55 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50
51
52
53
54
55
56
57
58
59
60
61
62
63
64
65
66