bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Isaiah 8
Isaiah 8
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 7
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 53
Chapter 54
Chapter 55
Chapter 56
Chapter 57
Chapter 58
Chapter 59
Chapter 60
Chapter 61
Chapter 62
Chapter 63
Chapter 64
Chapter 65
Chapter 66
Chapter 9 →
1
Shunda Egamiz menga aytdi: — Katta lavha olib, unga: “Moxirshalolxoshbozga tegishli”, deb tushunarli qilib yoz.
2
Men ruhoniy Uriyo bilan Yabarakiyo o‘g‘li Zakariyoni O‘zimga ishonchli guvohlar qilib tayinlayman.
3
Shundan keyin men xotinim bilan yotdim. U homilador bo‘lib, o‘g‘il tug‘di. Shunda Egamiz menga dedi: — Uning ismini Moxirshalolxoshboz, deb qo‘y.
4
Bola hali “ota”, “ona”, deb aytishni o‘rganmasdan oldin, Ossuriya shohi Damashqning boyliklarini va Samariyadan tortib olgan o‘ljalarini olib ketadi.
5
Egamiz yana menga gapirib: —
6
Bu xalq tinch oqadigan Shilo‘vax suvlaridan voz kechdi, Ratan va Ramaliyo o‘g‘li Pekaxdan ko‘ngillari shod bo‘ldi, — dedi.
7
— Shuning uchun, Men, Rabbiy, xalqimga qarshi Ossuriya shohini va uning butun shavkatli lashkarini boshlab kelmoqdaman. Ular Furot daryosining bahaybat to‘lqinlari kabidir. Hamma irmoqlardan oshib, hamma qirg‘oqlardan toshib ketadi.
8
Sel kabi Yahudoni bosadi, uning bo‘g‘ziga yetib keladi. Ey Immanuil! Yoyilgan qanotlari butun yeringni to‘ldiradi!
9
Ey xalqlar, yig‘ilavering, halokatga yo‘liqasiz! Ey jamiki uzoq yurtdagilar, eshiting! Belingizni bog‘layvering, ammo halokatga yo‘liqasiz! Belingizni bog‘layvering, ammo halokatga yo‘liqasiz!
10
Puxta reja qilavering, ammo puchga chiqadi, So‘z beravering, ammo amalga oshmaydi, Chunki Xudo biz bilandir!
11
Egam qudrati bilan meni O‘ziga tortib, menga ko‘rsatma berdi: — Bu xalqning yo‘lidan bormanglar.
12
Bu xalq, isyon, deb aytadigan hamma narsani sizlar, isyon, deb bilmanglar. Ularni qo‘rquvga soladigan narsalardan sizlar qo‘rqmanglar, vahimaga tushmanglar.
13
Sizlar Men, Sarvari Olamni muqaddas deb izzat qilinglar. Faqat Mendan qo‘rqing, faqatgina Men sizni vahimaga solay.
14
O‘shanda Mening O‘zim panoh bo‘laman. Ammo Isroilning ikkala xonadoni uchun Men qoqiltiradigan tosh, to‘sqinlik qiladigan qoya, Quddus aholisi uchun tuzoq va to‘r bo‘laman.
15
Ulardan ko‘plari qoqiladi, yiqilib, burda–burda bo‘ladi. Ular tuzoqqa tushib, asir bo‘ladi.
16
Dalilimni o‘rab bog‘la, shogirdlarim orasida ta’limotimni muhrla.
17
[17-18] Sarvari Olam Sion tog‘ida maskan qilgan. U Yoqub xalqidan yuzini yashiryapti, ammo men Uni kutaman, umidim Undadir. Mana, qarang, Egam bergan farzandlarim bilan birga men shu yerdaman! Isroilda biz belgi va nishonamiz.
18
***
19
Xalqlar sizlarga: “Otalar ruhiga, folbinlarga, azayimxonlarga va afsungarlarga boringlar”, deb aytsalar, sizlar o‘z Xudoyingizga bormaysizmi?! Axir, tiriklar o‘liklardan nasihat izlab boradimi?!
20
Shunday deganlarga yorug‘lik bo‘lmaydi. Xudoning yo‘l–yo‘riqlari va ta’limotiga maslahat soling.
21
Ular bu yurt bo‘ylab o‘tadi, ular och, iztirobda. Och qolib, g‘azablanib, shohini va xudolarini la’natlaydi. Yuqoriga qaraydi,
22
yerga qaraydi. Ana, kulfat va zulmat, g‘am va ofat. Ular yo‘q bo‘lib ketadi.
← Chapter 7
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 53
Chapter 54
Chapter 55
Chapter 56
Chapter 57
Chapter 58
Chapter 59
Chapter 60
Chapter 61
Chapter 62
Chapter 63
Chapter 64
Chapter 65
Chapter 66
Chapter 9 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50
51
52
53
54
55
56
57
58
59
60
61
62
63
64
65
66