bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Isaiah 49
Isaiah 49
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 48
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 53
Chapter 54
Chapter 55
Chapter 56
Chapter 57
Chapter 58
Chapter 59
Chapter 60
Chapter 61
Chapter 62
Chapter 63
Chapter 64
Chapter 65
Chapter 66
Chapter 50 →
1
Quloq soling, ey dengiz ortidagi yurtlar! E’tibor bering, ey uzoqdagi xalqlar! Tug‘ilmasimdan oldin Egam meni chaqirdi, Ona qornidaligimdayoq U ismimni aytib chaqirdi.
2
U tilimni o‘tkir qilichday qildi, Qo‘lining soyasida U meni yashirdi. U meni uchli o‘qday qildi, O‘qdoniga meni yashirdi.
3
U menga shunday dedi: “Sen Mening qulimsan, Ey Isroil, Men sen tufayli shuhrat topaman.”
4
Men shunday dedim: “Men bekorga mehnat qildim, Kuchimni behuda, befoyda sarf etdim.” Ammo Egam meni hukm qiladi–ku, Mukofotlash Xudoyimning qo‘lidadir.
5
Endi Egam gapirdi. Yoqub naslini Unga qaytarsin, deb Isroilni Uning oldiga to‘plasin, deb Onam qornidayoq meni O‘z quli qilib yaratdi. Egamning ko‘z oldida men shuhrat topaman, Xudoyim mening kuch–qudratim bo‘ldi.
6
U shunday dedi: “Ha, Yoqub qabilalarini qayta tiklaysan, Isroildan qolganlarini qaytarasan. Men seni faqat shuning uchungina qulim qilmadim. Seni boshqa xalqlarga ham nur qilaman, Toki Mening najotim yerning chetigacha yetib borsin.”
7
Xalqlar qattiq nafratlanib, rad qilganga, Hukmronlarning quli bo‘lganga Isroilning Qutqaruvchisi, muqaddas Xudosi — Egamiz shunday aytmoqda: “Seni ko‘rib, shohlar o‘rnidan turadi, Hukmdorlar tiz cho‘kib ta’zim qiladi. Isroil xalqining muqaddas Xudosi — Sodiq Egangiz haqi–hurmati shunday qiladi. Axir, U seni tanlagan–ku!”
8
Egamiz shunday aytmoqda: “Muruvvat payti kelganda, Men senga javob berdim, Najot kuni kelganda, Men senga yordam berdim. O‘zim seni himoya qilaman, Xalqim bilan tuzgan ahdimni Sen orqali amalga oshiraman. Toki yurt qayta tiklansin, Tashlandiq mulklar taqsimlansin.
9
Mahbuslarga: ‘Chiqinglar!’ demoqdaman. Zulmatdagilarga: ‘Ko‘rininglar!’ demoqdaman. Yo‘l bo‘yida ular o‘tloqlar topadi, Tap–taqir qirlar ularning yaylovi bo‘ladi.
10
Ular na ochlikni, na tashnalikni biladi, Na garmsel, na jazirama quyoshdan azob chekadi. Mehr–shafqat ko‘rsatib, ularni yetaklayman, Ularni buloqlarga boshlab boraman.
11
Hamma tepaliklarimni yo‘lga aylantiraman, Katta, shoh yo‘llarim ko‘tariladi.
12
Mana, ular uzoqlardan keladi. Qarang, ular shimoldan, g‘arbdan, Sinim yurtidan ham keladi.”
13
Shodlikdan kuylang, ey samolar, Xursand bo‘l, ey zamin! Qo‘shiqqa jo‘r bo‘ling, ey tog‘lar! Egamiz xalqiga tasalli berdi, Ezilgan xalqiga rahm qildi!
14
Ammo Quddus shunday dedi: “Egam meni tark etdi, Rabbim meni unutib qo‘ydi.”
15
Egam aytar: “Axir, ayol kishi emizikli bolasini unutadimi?! O‘zi tuqqan bolasiga rahm qilmaydimi?! Agar xotinlar bolasini unutsalar ham, Men seni aslo unutmayman!
16
Qara, sening nomingni kaftimga yozib qo‘ydim, Devorlaring doimo ko‘z oldimdadir.
17
Hademay, farzandlaring qaytib keladi, Seni vayron qilib, yo‘qotmoqchi bo‘lganlar Sendan chiqib ketadi.
18
Boshingni ko‘tarib, atrofga qara, Hamma farzandlaring to‘planib, oldingga kelishdi.” Egamiz shunday demoqda: “Men barhayot Xudo bo‘lganim haqi aytamanki, Hammasi zebu ziynatday seni bezatib turadi, Kelinchakday ularni taqinchoq qilib taqasan.
19
Ha, yering kimsasiz, huvullab qolgandi, Yurting vayronaga aylangandi. Endi esa odam ko‘pligidan tor bo‘lib qoladi, Buzg‘unchilar sendan uzoqda yuradi.
20
Asirlikda tug‘ilgan farzandlaring Hali senga shunday deydi: ‘Bu joy bizga torlik qilyapti, Joy bering, biz ham yashaylik.’
21
Shunda o‘zingga o‘zing deysan: ‘Ularni menga kim tug‘ib berdi? Farzandsiz edim, tug‘mas bo‘lib qolgandim. Surgunda edim, xor bo‘lgandim. Ularni kim menga katta qilib berdi? Yolg‘iz o‘zim qolgandim–ku, Endi ular qayerdan kelib qoldi?’”
22
Egamiz Rabbiy shunday aytmoqda: “Mana, Men xalqlarga qo‘l ko‘tarib, ishora beraman, Elatlarga bayrog‘imni ko‘taraman. Bolalaringni ular qo‘llarida ko‘tarib keladi, Qizlaringni ular opichlab keladi.
23
Shohlar senga xizmat qilib, boqadi, Malikalar senga enagalik qiladi. Boshlari yerga tekkuday bo‘lib, Ular senga ta’zim qiladi, Oyoqlaring changini yalab–yulqaydi. O‘shanda Men Egang ekanligimni bilasan. Menga umid bog‘lagan sharmanda bo‘lmaydi.”
24
Biror kimsa kuchli jangchidan O‘ljani olib qo‘ya oladimi?! Nahotki zolimning qo‘liga asir tushgan qutula olsa?!
25
Egamiz esa shunday aytmoqda: “Mana, kuchli jangchidan asirlar tortib olinadi, Zolimga o‘lja bo‘lganlar qutqariladi! Senga qarshi chiqqanlarga Men qarshi chiqaman, Sening bolalaringni Men O‘zim qutqaraman!
26
Senga zulm qilganlarga o‘z tanasini yediraman, Ular sharob ichganday bo‘lib, o‘z qonidan mast bo‘ladi. Shunda jamiki odamzod Men najotkoring — Egang ekanligimni, Yoqub naslining qudratli Xudosi — Qutqaruvching ekanligimni bilib oladi.”
← Chapter 48
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 53
Chapter 54
Chapter 55
Chapter 56
Chapter 57
Chapter 58
Chapter 59
Chapter 60
Chapter 61
Chapter 62
Chapter 63
Chapter 64
Chapter 65
Chapter 66
Chapter 50 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50
51
52
53
54
55
56
57
58
59
60
61
62
63
64
65
66