bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Isaiah 51
Isaiah 51
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 50
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 53
Chapter 54
Chapter 55
Chapter 56
Chapter 57
Chapter 58
Chapter 59
Chapter 60
Chapter 61
Chapter 62
Chapter 63
Chapter 64
Chapter 65
Chapter 66
Chapter 52 →
1
Egam aytar: “Ey najotga umid bog‘laganlar, Men, Rabbiyga intilayotganlar, Menga quloq soling! O‘zingiz kesib olingan qoyaga qarang, O‘zingiz qazib olingan konga qarang.
2
Otangiz Ibrohimga boqing, Sizni tuqqan Soraga qarang. Ibrohimni chaqirganimda, u yolg‘iz edi, Men unga baraka berib, ko‘paytirdim.
3
Mana, Men, Egangiz, Quddusga tasalli beraman, Uning barcha vayronalariga tasalli beraman. Uning sahrosini Adan bog‘iga aylantiraman, Uning cho‘lini Mening bog‘imday qilaman. U yerda shodlik, sevinch bo‘ladi, Shukronalik, qo‘shiq sadosi yangraydi.
4
Ey xalqim! Menga quloq soling! Quloq tuting Menga, ey elatim! Mana, ta’limot Mendan chiqib boradi, Birpasda adolatim xalqlarga nur bo‘ladi.
5
Mening najotim o‘z yo‘liga chiqdi, Men g‘alaba qozonadigan vaqt yaqinlashmoqda. Xalqlar orasida qo‘lim ila adolat o‘rnataman, Dengiz ortidagi yurtlar Menga umid bog‘laydi, Ular qo‘limning qudratidan umid qiladi.
6
Ko‘zlaringizni samolarga qarating, Pastga, yer yuziga nazar soling. Samolar tutun kabi yo‘qoladi, Zamin kiyim kabi to‘zib bitadi. Zamin ahli chivinday o‘lib ketadi, Mening najotim esa to abad bo‘ladi, Mening g‘alaba bekor qilinmaydi.
7
Ey ta’limotimni qalbiga jo qilganlar, Sizlar nima to‘g‘ri ekanligini bilasizlar. Menga quloq soling! Inson haqoratlaridan qo‘rqmanglar, Ularning tahqirlaridan xafa bo‘lmanglar.
8
Kuya kiyimni, qurt junni yeb bitirganday Ular ham yo‘q bo‘lib ketadi. Mening g‘alaba esa abadiy bo‘ladi, Najotim nasllar bo‘yi davom etadi.”
9
Uyg‘on, uyg‘on, ey Egamizning qo‘li! Kuch–qudratga to‘lgin! Uyg‘on qadimgi paytlardagiday, Azaliy nasllar davridagiday. Maxluq Rahobni parchalagan Sen emasmiding?! Ajdarni sanchib tashlagan Sen emasmiding?!
10
Sen emasmiding dengizni quritgan, G‘oyat tubsizlikdagi suvlarni quritgan?! O‘zimga tegishli bo‘lganlar o‘tsin, deb Dengiz tubini yo‘l qilgan Sen emasmiding?!
11
Egamiz qutqarganlar qaytib keladi, Qo‘shiq aytib Quddusga keladi. Abadiy shodlik ularning boshida toj bo‘ladi. Ular shodlik, sevinchga yetishadi, Qayg‘u, nadomat ulardan uzoqqa qochadi.
12
Egam aytar: “Men O‘zim sizlarni yupataman! Kimdan qo‘rqasiz? O‘ladigan bandadanmi? Maysaga o‘xshab so‘liydigan inson zotidanmi?!
13
Samolarni yoygan, zamin poydevorini o‘rnatgan, Sizlarni Men, Yaratgan Egangizni unutib qo‘ydingiz. Sizni qirmoqchi bo‘lgan zolimning g‘azabidan Har doim titrab–qaqshab turasiz. Ammo qani endi zolimning g‘azabi?!
14
Mazlumlar tez orada ozod bo‘ladi, Ular o‘lmaydi, qabrga tushmaydi, Nonga zor bo‘lmaydi.
15
Men Egangiz Xudoman. Dengizni qo‘zg‘atadigan, To‘lqinlarni guvullatadigan Menman. Mening nomim Sarvari Olamdir!
16
Og‘zingizga so‘zlarimni soldim, Sizlarni qo‘lim soyasida yashirdim. Samolarni o‘rnatganman, Zamin poydevorini qo‘yganman. Quddusga: ‘Sen Mening xalqimsan’, deganman.”
17
Uyg‘on, uyg‘on ey Quddus, oyoqqa tur! Sen Egangning qo‘lidan g‘azab kosasidan ichding! Tagidagi quyqumigacha ichib, Gandiraklab qolding.
18
O‘zing tuqqan shuncha o‘g‘illar orasidan Seni yetaklaydigan birontasi ham yo‘q. O‘zing o‘stirgan shuncha o‘g‘illar orasidan Qo‘lingdan tutadigan birontasi yo‘q.
19
Boshingga qo‘sh falokat keldi, Kim senga tasalli beradi?! Atrofingda talonchiligu halokat, ochligu qilich, Kim seni yupata oladi?!
20
Har bir ko‘cha boshida O‘g‘illaring sulayib yotibdi. Ular to‘rga tushgan kiyiklar kabidir. Egangiz bor qahr–g‘azabiyu O‘z tanbehi bilan Ularni shu ahvolga soldi.
21
Shu bois endi bunga quloq soling, Ey azob chekkanlar! Sizlar mastsiz, ammo sharobdan emas!
22
O‘z xalqini himoya qiladigan Xudoyingiz, Egangiz Rabbiy shunday aytmoqda: “Mana, sening qo‘lingdan Gandiraklatadigan kosani oldim. Endi g‘azabim kosasidan boshqa ichmaysan.
23
Uni senga azob berganlar qo‘liga beraman. Ular senga: ‘Yerga yot, ustingdan Bosib o‘taylik’, degan edi. Yelkalaring ularga yer kabi bo‘ldi. Sen o‘zing yo‘lday bo‘lding, Ular ustingdan bosib o‘tdi.”
← Chapter 50
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 53
Chapter 54
Chapter 55
Chapter 56
Chapter 57
Chapter 58
Chapter 59
Chapter 60
Chapter 61
Chapter 62
Chapter 63
Chapter 64
Chapter 65
Chapter 66
Chapter 52 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50
51
52
53
54
55
56
57
58
59
60
61
62
63
64
65
66