bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Isaiah 58
Isaiah 58
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 57
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 53
Chapter 54
Chapter 55
Chapter 56
Chapter 57
Chapter 58
Chapter 59
Chapter 60
Chapter 61
Chapter 62
Chapter 63
Chapter 64
Chapter 65
Chapter 66
Chapter 59 →
1
Egam aytar: “O‘zingni tutmay, qattiq hayqirgin, Karnayga o‘xshab, ovozingni baland ko‘tar. Xalqimga itoatsizligini aytgin, Yoqub xonadoniga gunohkorligini ko‘rsat.
2
Xuddi to‘g‘ri yo‘ldan yurgan xalqqa o‘xshab, Ular har kun Menga intilganday bo‘ladi. Xudosining amrlarini unutmagan xalqday, Yo‘llarimni bilmoq istaydi. Mendan odil hukm so‘raydi, Men, Xudoga yaqinlashishni istaganga o‘xshaydi.
3
Ey xalqim, sizlar Menga: ‘Ro‘za tutyapmiz–ku, Sen ko‘rmayapsan, Senga itoat qilyapmiz–ku, nega bilmaysan?!’ deb aytasizlar. Axir, ro‘za tutgan kuningizda xohlaganingizni qilyapsiz, Ishchilaringizdan og‘ir mehnat talab etyapsiz.
4
Mana, ro‘za tutsangiz ham Janjal, g‘avg‘o qilaverasiz. Zo‘ravonlik bilan qo‘l ko‘taraverasiz. Bunday ro‘zalaringiz bilan Ovozingizni samolarga yetkaza olmaysiz!
5
Ro‘za tutganingizda o‘zingizni qiynaysiz, Egilgan qamishday boshingizni egib yurasiz, Qanor yoyib, kul sochib ustiga yotasiz. Shuni ro‘za deb ataysizmi?! Mana shular Men, Egangizni mamnun qiladi, deb o‘ylaysizmi?!
6
Men istagan ro‘za quyidagidaydir: Adolatsizlik kishanlarini parchalang, Bo‘yinturuq arqonlarini uzib tashlang, Mazlumlarni ozodlikka chiqaring, Har qanday bo‘yinturuqni sindiring!
7
Ovqatingizni ochlar bilan baham ko‘ring, Uysizlarga uyingizdan joy bering. Yalang‘ochni ko‘rganingizda kiyim bering, Yaqinlaringizdan yordamingizni ayamang.”
8
Shunda nuringiz tong kabi porlaydi, O‘zingiz tezda shifo topasiz. Egamiz doim oldingizda yurib, sizlarni asraydi, Ortingizdan Uning ulug‘vorligi sizni qo‘riqlaydi.
9
Shunda yordam so‘raganingizda, Egamiz javob beradi, Faryod qilganingizda, “Shu yerdaman”, deb aytadi. Orangizdan bo‘yinturuqni yo‘q qilganingizda, Yovuz gaplaru qo‘l ko‘tarishlarni bas qilganingizda,
10
Ochlar uchun jon kuydirganingizda, Mazlumlarning joniga oro kirganingizda, Nuringiz zulmatda ham porlaydi, Eng qorong‘i davringiz yop–yorug‘ kunduzday bo‘ladi.
11
Egamiz doimo sizga yo‘l ko‘rsatadi, Qaqragan yerlarda ham joningizga oziq beradi, Shunda siz sug‘orilgan bog‘day, Suvlari qurimas buloqday bo‘lasiz.
12
Qadimgi vayronalaringiz qayta tiklanadi, Ko‘hna poydevorlarni qayta ko‘tarasiz. Shunda sizlarni: “Buzuq devorni Tiklovchi, Ko‘chalarni qayta Quruvchi”, deb chaqirishadi.
13
Shabbat kunini oyoq osti qilmang, Shu muqaddas kunda xohishingizni qilishdan o‘zingizni tiying. Shabbat kunini zavqli, deb biling. Egamizning muqaddas kunini sharafli, deb biling. Bu kunda o‘zingiz istagan yo‘ldan yurmang, Xohlaganlaringizni qilavermang, Istagan gaplaringizni gapiravermang.
14
Shabbat kuniga rioya qilsangiz, Egamiz tufayli shodlik topasiz, U sizlarni yurtning baland cho‘qqilariga olib chiqadi, Otangiz Yoqubning mulkiga to‘ydiradi. Egamizning kalomi shudir!
← Chapter 57
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 53
Chapter 54
Chapter 55
Chapter 56
Chapter 57
Chapter 58
Chapter 59
Chapter 60
Chapter 61
Chapter 62
Chapter 63
Chapter 64
Chapter 65
Chapter 66
Chapter 59 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50
51
52
53
54
55
56
57
58
59
60
61
62
63
64
65
66