bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Isaiah 34
Isaiah 34
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 33
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 53
Chapter 54
Chapter 55
Chapter 56
Chapter 57
Chapter 58
Chapter 59
Chapter 60
Chapter 61
Chapter 62
Chapter 63
Chapter 64
Chapter 65
Chapter 66
Chapter 35 →
1
Ey elatlar, yaqinroq keling, quloq soling! Ey xalqlar, diqqat qiling! Eshiting, ey zamin, zamindagi bor jonzot! Olamu uning mahsuli, eshiting!
2
Ha, Egamiz butun elatlardan g‘azabda, Ularning lashkarlariga qahri keldi. Egamiz ularni tamomila qirib tashlaydi. Ularni bo‘g‘izlashga hukm etgan.
3
Murdalari ko‘milmay qolib ketadi, Jasadlaridan qo‘lansa hid anqiydi, Ularning qoni qirlarda daryo bo‘lib oqadi.
4
Samodagi hamma yulduzlar chirib ketadi, Osmon o‘rama qog‘ozday eshilib ketadi. Tokdan qurib tushgan barglar singari, Daraxtidan to‘kilgan anjir singari Samoviy jismlar to‘kilib ketadi.
5
Egam aytar: “Ha, samolarda qilichim Mening paydo bo‘ldi. Mana, u Edomga, Men halokatga hukm qilgan xalqning boshiga tushadi.”
6
Egamizning qilichi qonga bulg‘angan. Qo‘zilar, echkilar yog‘iga, qoniga, Qo‘chqor buyragining yog‘iga to‘ygan. Ha, Bozrax shahrida Egamizga qurbonlik bor, Edom yurtida katta qirg‘in boshlandi.
7
Yovvoyi buqalar, novvoslar, katta ho‘kizlar ham Ular bilan birga qulaydi. Ularning yeri qon bilan sug‘oriladi, Tuprog‘i yog‘ni shimib oladi.
8
Ha, bu kun Egamizning qasos kunidir. Quddus uchun Egamiz qasos oladigan yildir bu.
9
Edom irmoqlari qatronga aylanadi, Tuprog‘i oltingugurtga aylanadi, Butun yurt esa alanga ichida qoladi.
10
Alanga kechayu kunduz o‘chmaydi, Tutun abadiy ko‘tarilaveradi. Bu yurt avlodlar osha Vayrona bo‘lib qolaveradi. Hech kim uni to abad bosib o‘tmaydi.
11
U yer boyqushlaru kirpilarning mulki bo‘ladi, Ukkiyu qarg‘alar u yerda makon qiladi. Ha, Egamiz bu yurtni o‘lchab, Vayronayu xarobaga loyiq topdi.
12
Bu yurtda aslzodalar yo‘q endi, U yerdan birorta shoh chiqmaydi, Barcha shahzodalari yo‘q bo‘lib ketadi.
13
Qal’alarida tikanlar o‘sadi, Saroylarida yantoqlar, qushqo‘nmas butalar bitadi. U yer chiyabo‘rilarga maskan bo‘ladi, Tuyaqushlarning boshpanasi bo‘ladi.
14
Yovvoyi mushuklaru sirtlonlar Bir–biriga duch keladi, Yovvoyi echkilar bir–birini chaqirib ma’raydi, U yerda tun sharpalari dam oladi, O‘sha yer ularga oromgoh bo‘ladi.
15
Ilonlar u yerda in qurib, tuxum qo‘yadi, Soya joylarda bolalarini yig‘adi. Quzg‘unlar u yerda juftlanib to‘planadi.
16
Mana, Egamizning kitobidan topib, o‘qing: Ulardan birontasi yo‘q bo‘lmaydi, Hammasi juft–juft bo‘ladi, Egamizning O‘zi shunday amr etgan, Uning Ruhi hammasini to‘pladi.
17
Egamiz qur’a tashlab, har birining ulushini berdi, Arqon bilan o‘lchab, yurtni ularga bo‘lib berdi. Bu yurt to abad ularning mulki bo‘ladi, Avlodlar osha ular bu yerda yashaydi.
← Chapter 33
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 53
Chapter 54
Chapter 55
Chapter 56
Chapter 57
Chapter 58
Chapter 59
Chapter 60
Chapter 61
Chapter 62
Chapter 63
Chapter 64
Chapter 65
Chapter 66
Chapter 35 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50
51
52
53
54
55
56
57
58
59
60
61
62
63
64
65
66