bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Isaiah 13
Isaiah 13
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 12
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 53
Chapter 54
Chapter 55
Chapter 56
Chapter 57
Chapter 58
Chapter 59
Chapter 60
Chapter 61
Chapter 62
Chapter 63
Chapter 64
Chapter 65
Chapter 66
Chapter 14 →
1
Omiz o‘g‘li Ishayoga vahiyda Bobil to‘g‘risida ayon bo‘lgan bashorat.
2
Yalang tepalik uzra ishora yuboring, Ularga qarab hayqiring! Qo‘llaringizni ko‘tarib, ularga ishora bering. Shunda ular aslzodalar darvozasiga kelar.
3
Egam aytar: “Men O‘zim tanlaganlarga amr berib, Qahrimni ko‘rsatsin, deb jangchilarimni yig‘dim, G‘alabamdan sevinadiganlarni to‘pladim.”
4
Qirlardagi olomonning tovushi O‘xshaydi buyuk xalqning ovoziga. Ana, shohliklarning shovqin–suroni! Elatlar yig‘ilmoqda. Sarvari Olam tayyorlamoqda Jang qilmoqqa lashkarini.
5
Kelayotir ular uzoq yerlardan, Ha, osmon gumbazining bir burchidan. Egam va Uning g‘azab qurollari Qirib yuboradi butun yer yuzini.
6
Faryod qil, Egamizning kuni yaqin! Ha, Qodir Xudo kulfat yuboradi!
7
Hamma qo‘llardan darmon ketadi, Har bir inson vahimaga tushadi.
8
Ular dahshatga tusharlar, Dardu iztirob ularni chulg‘ar, To‘lg‘oq tutgan ayolday bukchayib qolar. Bir–biriga qo‘rquv ichra qarar, Ularning yuzlari lovullab yonar.
9
Mana, kelayotir Egamizning kuni! Alanga olayotir g‘azabu qahr, dahshat. Vayronaga aylantirar yer yuzini, Yer yuzidan qirib tashlar gunohkorlarni.
10
Ha, samodagi yulduzlar, burjlar Taratmaydi o‘z yorug‘ligini. Quyosh chiqsa ham, zulmat bo‘ladi, Oy nurini sochmaydi.
11
Egam aytar: “Olam bilan hisob–kitob qilaman qabihligi uchun, Fosiqlar bilan ularning gunohi uchun, Manmanlarning kiborligiga chek qo‘yaman, Takabburlarni dimog‘dorligi uchun yerga uraman.
12
Insonni kamyob qilurman sof oltindan ham, Odamni Ofir oltinidan ham.
13
G‘azabim alangalangan kun Samoni titratib yuborurman. Men, Sarvari Olamning g‘azabidan Zamin qo‘zg‘aladi o‘z o‘rnidan.
14
Shunda inson ovdagi jayronday bo‘lar, Cho‘ponsiz qolgan suruvday bo‘lar, Har biri o‘z xalqiga qaytib ketadi, Har biri o‘z yurtiga qochib boradi.
15
Topilganlarning har biri nayzaga ilinadi, Qo‘lga tushgan har kim qilichdan o‘tkaziladi.
16
O‘zlarining ko‘z o‘ngida Chaqaloqlari tilka–pora bo‘ladi. Uylari talon–taroj bo‘ladi, Xotinlariga tajovuz qilinadi.
17
Mana, Midiyaliklarni ularga qarshi qo‘yaman, Midiyaliklarga kumushning hech keragi yo‘q, Ular oltinni ham istamaslar.
18
Ularning o‘qlari yoshlarni qiradi, Shafqat ko‘rsatmaydi ular bolalarga, Rahm qilmaydi ona qornidagilarga.
19
Bobildir shohliklarning go‘zali, Bobilliklar ulug‘vorligining durdonasi. Ammo Men, Xudo, yer bilan yakson qilaman Xuddi Sado‘m, G‘amo‘ra kabi uni.
20
Endi u yerda hech kim yashamas, To abad hech kim uni maskan qilmas. U yerda hatto chodir qurilmas, Cho‘ponlar suruvlarini o‘tlatmas.
21
Ammo yovvoyi hayvonlar bu yerda yotar, Uylar yirtqichlar bilan to‘lar, U yerda boyqushlar joylashar, Echkilar u yerda shataloq otar.
22
Uvullashar sirtlonlar qal’alarda, Chiyabo‘rilar go‘zal saroylarda. O‘sha vaqt yaqin orada keladi, O‘sha kun kelmasdan qolmaydi.”
← Chapter 12
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 53
Chapter 54
Chapter 55
Chapter 56
Chapter 57
Chapter 58
Chapter 59
Chapter 60
Chapter 61
Chapter 62
Chapter 63
Chapter 64
Chapter 65
Chapter 66
Chapter 14 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50
51
52
53
54
55
56
57
58
59
60
61
62
63
64
65
66