bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Isaiah 10
Isaiah 10
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 9
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 53
Chapter 54
Chapter 55
Chapter 56
Chapter 57
Chapter 58
Chapter 59
Chapter 60
Chapter 61
Chapter 62
Chapter 63
Chapter 64
Chapter 65
Chapter 66
Chapter 11 →
1
Ey siz, yovuz farmonlar chiqaradiganlar, Qonunlar yozib, jabr keltiradiganlar.
2
Kambag‘alni adolatdan mahrum qilyapsiz, Mazlum xalqimni talayapsiz, Ovingiz bo‘layotir bevalar, O‘ljangiz bo‘layotir yetimlar.
3
Qiyomat kuni kelganda, siz nima qilasiz? Uzoqdan balo kelganda, nima qilasiz? Yordam so‘rab kimga qochib borasiz?! Boyligingizni qayerga olib ketasiz?!
4
Yo‘q, asir bo‘lib yiqilib qolasiz, Yo jasadlar tagida qolib ketasiz. Ammo shunday bo‘lsa ham, Egam tushmas g‘azabidan, Uning qo‘li hamon Isroilga qarshi ko‘tarilgan.
5
Egam aytar: “Mana Ossuriya! G‘azabimning hassasi! Uning qo‘lidadir qahrimning tayog‘i!
6
Men uni shakkok elga qarshi yuboraman, G‘azabimni o‘sha xalqqa qarshi sochaman, Ovlab, o‘lja qil, deb unga amr qilaman. Xalqlarni loyday oyoq osti qiladi u.
7
Uning fikri–yodi Xalqlarni qirib tashlashdir, Bitta qo‘ymay ularni yo‘q qilishdir. Ammo Ossuriya faqat buni xayol qilmagan, Bular haqida o‘ylamas ham.
8
Ossuriya shohi shunday o‘ylaydi: ‘Lashkarboshilarim shohlar emasmi?!
9
Xalno shahrini Karxamish shahriday vayron qilmadikmi?! Xomat ham Arpadday quladi–ku! Samariya Damashq kabi emasmi?!
10
Olganimday behuda butlar shohliklarini, Olaman Quddusu Samariyaning sanamlarini.
11
Ne qilgan bo‘lsam Samariya va uning sanamlarini, Shunday qilaman Quddusu uning butlarini.’”
12
Ammo Sion tog‘ida va Quddusda Rabbiy hamma ishlarini tugatib bo‘lganda, shunday deydi: “Ossuriya shohi bilan uning takabburligi, kiborlarcha boqishlari natijasiga qarab, hisob–kitob qilaman.
13
Ossuriya shohi shunday degan edi: ‘O‘z kuchim bilan bularni amalga oshirdim, Donoligim bilan qildim, axir, idrokliman. Xalqlarning chegarasini yo‘q qildim, Ularning xazinalarini o‘lja qilib oldim. Qudratli shohlarini taxtdan uloqtirdim.
14
Qush iniga qo‘l suqib tuxum yiqqan kabi, Xalqlarning boyliklarini to‘pladim. Tashlab ketilgan tuxumlarni qanday to‘plasalar, Jamiki yurtlarni men shunday yig‘ib oldim. Yo qanot qoqqan, og‘zin ochgan, Yo ovozin chiqargan birov bo‘lmadi.’”
15
Bolta maqtanarmi uni ishlatganga?! Arra o‘zini maqtaydimi uni qo‘lga olganga?! Kaltak ushlaganni kaltakning o‘zi ko‘taradimi?! Hassa o‘zini ushlaganni ko‘taradimi?!
16
Shu bois Sarvari Olam — Rabbiy Og‘ir xastalikni yuborar pahlavonlaringiz orasiga. Ular avjda ekan, badanidan o‘t chiqadi, Ular go‘yo lov–lov etib yonadi.
17
Shunda Isroilning nuri yolqin bo‘ladi, Isroil xalqining muqaddas Xudosi olov bo‘ladi. Olov yondirib, tikanzoru changalzorlarini Bir kunda yamlab yutadi.
18
Uning o‘rmonlarining faxri Va unumdor dalalari Og‘ir xastalikka yo‘liqqan insonday, Tamomila xarob bo‘ladi.
19
Shunchalik oz qolarki o‘rmonidagi daraxtlar, Hattoki yosh bola ham ularni sanay oladi.
20
O‘sha kuni Isroilning qolgan–qutgani, Yoqub xonadonining qutulganlari Boshqa suyanmaydi o‘z zulmkorlariga, Ular sadoqat bilan tayanadi Isroil xalqining muqaddas Xudosi — Egamga.
21
Yoqub naslining qutulganlari, omon qolganlari Qaytadi Qudratli Xudoga.
22
Ey Isroil, sening xalqing Dengiz qumiday ko‘p bo‘lgan bo‘lsa ham, Endi ulardan bor–yo‘g‘i sanoqli odamlar qaytadi. Zero, “Qirg‘in bo‘lsin”, deya qaror qilingan, Xudo odil hukmni O‘z xalqining boshiga soladi.
23
Shubhasiz, butun yer yuzida qiyomat bo‘ladi, zotan, Sarvari Olam — Rabbiy shunday qaror qilgan.
24
[24-25] Shu bois Sarvari Olam — Rabbiy shunday aytmoqda: “Ey xalqim, Quddus ahli! Misrliklar kabi Ossuriyaliklar sizlarga tayoq ko‘taradilar, sizlarni qamchi bilan uradilar. Ammo hademay g‘azabimni bosaman, ulardan qo‘rqmanglar. Endi Ossuriyaliklarga qahrimni sochib, ularni qiraman.
25
***
26
Ha, Midiyonlarni Oriv qoyasida shunday qirgan edim. Hassamni ko‘tarib, Misr lashkarini dengizda g‘arq qildim. Endi xuddi shunday qilib, Men, Sarvari Olam, ularga qarshi qamchimni ko‘taraman.
27
O‘sha kuni Ossuriyaning yukini yelkangizdan uloqtiraman. Uning bo‘yinturug‘i bo‘yningizdan olib tashlanadi. Ha, bo‘yinturuq yo‘q qilinadi, chunki sizlar kuchga to‘ldingiz.”
28
Ossuriya lashkari Oyaz shahriga keldi, Migron bo‘ylab o‘tdi, Qurol–aslahasini Mixmashda shay qildi.
29
Ular G‘ibo so‘qmog‘ini kesib o‘tdilar–u, Rama xalqi vahimaga tushib qoldi, Ular Shoulning shahri Givoda omonat to‘xtadi–yu, Shahar ahli qochib ketdi.
30
Faryod qiling, ey Galim ahli! Eshit, ey Laysho! Ey sho‘rlik Onoto‘t!
31
Madmenax ahli qochib ketdi, Gebim ahli, panoh topay, deb uchib ketdi.
32
O‘sha kuni u Nav shahrida turadi. Quddus shahri joylashgan tepalik — Aziz Sion tog‘iga qarab qo‘l ko‘taradi.
33
Qara, Sarvari Olam — Rabbiy Qudratli kuchi ila shoxlarni kesib tashlaydi, Baland daraxtlarni qirqib tashlaydi, Yuksalganlarini yerga uradi.
34
U bolta bilan kesib tashlaydi o‘rmondagi changalzorni, Qudratli Xudo qulatib yuboradi Lubnon daraxtlarini.
← Chapter 9
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 53
Chapter 54
Chapter 55
Chapter 56
Chapter 57
Chapter 58
Chapter 59
Chapter 60
Chapter 61
Chapter 62
Chapter 63
Chapter 64
Chapter 65
Chapter 66
Chapter 11 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50
51
52
53
54
55
56
57
58
59
60
61
62
63
64
65
66