bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Isaiah 62
Isaiah 62
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 61
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 53
Chapter 54
Chapter 55
Chapter 56
Chapter 57
Chapter 58
Chapter 59
Chapter 60
Chapter 61
Chapter 62
Chapter 63
Chapter 64
Chapter 65
Chapter 66
Chapter 63 →
1
Quddus haqi, men sukut saqlamayman, Sion haqi, men jim turmayman. Uning zafari tong kabi nur sochmaguncha, Uning najoti mash’ala kabi yonmaguncha, Men aslo jim turmayman.
2
Ey Quddus xalqi, xalqlar sizning g‘alabangizni, Har bir shoh shuhratingizni ko‘radi. Egamiz O‘z og‘zi bilan bergan Yangi nom bilan chaqirilasiz.
3
Sizlar Egamizning qo‘lida go‘zallik tillaqoshi, Xudoyingizning qo‘lida shohlik toji bo‘lasiz.
4
Endi sizni: “Tark etilgan”, deb aytmaslar, Sizning yurtingizni: “Tashlandiq”, deb atamaslar. Endi sizga: “Undan mamnunman”, degan nom beriladi, Yurtingizni esa: “Oilali”, deb aytishadi. Zotan, Egangiz sizdan mamnun bo‘ladi, Yurtingiz ham oilali bo‘ladi.
5
Yigit qiz bilan turmush qurganday, O‘g‘illaringiz yurtingizga bog‘lanib, Unga egalik qiladi. Kuyov kelin bilan qanday shod bo‘lsa, Xudoyingiz siz bilan shunday sevinadi.
6
Ey Quddus, devorlaringga soqchilar qo‘ydim, Ular kechayu kunduz ibodatni bas qilmaydi. Ey Egamizga ibodat qiladiganlar! Sizlar ham hech jim turmang.
7
Quddusni barqaror qilgunga qadar, Uni yer yuzining faxri qilmagunga qadar, Egamizga hech tinchlik bermanglar.
8
Egamiz o‘ng qo‘lini ko‘tarib, O‘z qudrati bilan ont ichdi: “Hech qachon dushmanlaringizga Doningizni yemish qilib bermayman. Mehnatingiz singgan sharobni Begonalar ichmaydi.
9
Ha, don yiqqanlarning o‘zi don yeydi–da, Men, Egasiga hamdu sano aytadi. Uzumni yig‘ib–terganlar Sharobni muqaddas hovlimda ichadi.”
10
Ey Quddus aholisi, darvozalardan chiqing! Qaytayotgan xalqqa yo‘lni tayyorlang! Tuproq yig‘ib yo‘l qiling, Toshlarni terib tashlang, Xalqlar uchun bayroq tiking!
11
Mana, Egamiz yerning to‘rt chetiga e’lon qilmoqda: “Go‘zal Quddusga shunday deb ayting: ‘Qara, najotkoring kelmoqda, Ana, Uning O‘zi taqdirlaydi, Mukofotini O‘zi bilan olib kelmoqda.’”
12
Ey Quddus, sening xalqingni: “Muqaddas”, deb aytadilar, “Egamiz qutqargan xalq”, deb aytadilar. Seni: “Egamiz izlab topgan, tark etilmagan shahar”, deb ataydilar.
← Chapter 61
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 53
Chapter 54
Chapter 55
Chapter 56
Chapter 57
Chapter 58
Chapter 59
Chapter 60
Chapter 61
Chapter 62
Chapter 63
Chapter 64
Chapter 65
Chapter 66
Chapter 63 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50
51
52
53
54
55
56
57
58
59
60
61
62
63
64
65
66