bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Isaiah 29
Isaiah 29
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 28
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 53
Chapter 54
Chapter 55
Chapter 56
Chapter 57
Chapter 58
Chapter 59
Chapter 60
Chapter 61
Chapter 62
Chapter 63
Chapter 64
Chapter 65
Chapter 66
Chapter 30 →
1
Egam aytar: “Holingga voy, ey Dovud yashagan shahar! Ey Oriyol, Oriyol! Yillar ortidan yillar o‘taveradi, Bayramlarni nishonlashaveradi.
2
Ammo boshingga kulfat keltiraman, Faryod qilib, nola chekasan, Seni qurbongoh qilaman.
3
Atrofingda senga qarshi lashkar to‘playman, Qamal inshootlarini o‘rnataman. Minoralar qurib, seni o‘rab olaman.
4
Yerning ostidan sen gapirasan, Tuproq ostidan so‘zlaring keladi, Ovozing sharpa ovoziday yer ostidan chiqadi, Gaplaring tuproq ostidan shivirlab keladi.
5
Ammo shunda shafqatsiz dushmanlaring Birdaniga chang kabi uchib ketadi, To‘satdan bo‘rondagi xas–cho‘pday Ular to‘zib ketadi.
6
Keladi Men, Sarvari Olam, gumbur–gumbur, Zilzila, shovqin–suron, dovul, Bo‘ronu yutib yuboruvchi alanga bilan.
7
Ey Quddus, sizga qarshi chiqqan xalqlar yo‘q bo‘lib ketadi. Sizning qal’angizga hujum qilgan vahshiy elatlar Tundagi tush kabi o‘tib ketadi.
8
Ha, och odam tushida ovqat yesa ham, Uyg‘onganda, ochligicha qolaveradi. Chanqagan odam tushida suv ichadiyu Chanqog‘i qonmasdan uyg‘onadi. Ey Sion tog‘i, sizga qarshi chiqqan Jamiki elatlar ham shu ahvolga tushadi.”
9
O‘zingizni kar qiling, dong qotib qoling, O‘zingizni ko‘r qiling, ko‘rmas bo‘ling, Mast bo‘ling, ammo sharobdan emas, Gandiraklab yuring, ammo bo‘zadan emas.
10
Egam sizni qattiq uxlatib qo‘ydi, Ey payg‘ambarlar, Egam ko‘zlaringizni uyquga bostirdi. Ey valiylar, Egam boshu ko‘zlaringizni o‘rab qo‘ydi.
11
Mana, bu vahiyning hammasi sizlar uchun muhrlangan o‘rama qog‘ozday bo‘lib qoldi. Bu o‘rama qog‘oz o‘qiy oladiganlarga berilib: “Buni o‘qing!” deb buyurilsa, ular: “Yo‘q, muhrlangan ekan”, deydilar.
12
U o‘qiy olmaydiganlarga berilib: “Buni o‘qing”, deb aytilgan bo‘lsa, ular: “Biz o‘qishni bilmaymiz”, deb javob beradilar.
13
Ha, Rabbiy aytdi: “Bu xalq faqat so‘zdagina Menga yaqinlashadi, Tildagina Meni izzat qiladi, Yuraklari esa Mendan uzoqdir. Inson yaratgan qoidalar orqali Menga sajda qiladi.
14
Mana, Men yana shunday bir ish qilamanki, Bu xalq hayratda qoladi, Lol bo‘lib, dong qotadi. Donolari donolikdan mahrum bo‘ladi, Idroklilari idrokidan ayriladi.”
15
Holingizga voy! Egamizdan rejalaringizni yashiryapsiz, Ishlaringizni qorong‘ilikda qilyapsiz. “Kim bizni ko‘rardi, kim bizni bilardi?” deysiz.
16
Hammasini ag‘dar–to‘ntar qilyapsiz, Axir, kulolni loyga tenglashtirib bo‘ladimi?! Nahotki buyum o‘zini yaratganga: “Meni yaratganing yo‘q”, deb aytsa?! Nahotki idish kulolga: “Sen tushunmaysan”, deb aytsa?!
17
Mana, qisqa vaqt ichida Lubnon o‘rmoni dalaga aylanadi. Dala esa qalin o‘rmon bo‘ladi.
18
O‘sha kuni kitobdagi so‘zlarni karlar eshitar, Ko‘rlarning ko‘zlari zulmatda nur ko‘rar.
19
Bechoralarga Egam yangi quvonch ato etadi, Isroil xalqining muqaddas Xudosi tufayli Muhtojlar shod bo‘ladi.
20
Zolimlar to abad yo‘q bo‘ladi, Mazaxchilar halok bo‘ladi, Yomonlik istovchilar qirib tashlanadi.
21
Ular odamlarga tuhmat yog‘dirar, Hakamlarga tuzoq qo‘yar, Solihlarni adolatdan mahrum qilar.
22
Shu bois Ibrohimni qutqargan Egam Yoqub xonadoniga shunday deb aytmoqda: “Yoqub nasli endi hech qachon sharmanda bo‘lmaydi, Qo‘rquvdan uning rangi oqarmaydi.
23
Men yaratganlarni, ha, farzandlarini Isroil xalqi o‘zining orasida ko‘rganda, Mening nomimni muqaddas deb biladi, Men, Yoqub naslining Xudosini muqaddas deb biladi. Ha, Isroil xalqining Xudosi — Mening oldimda hayratda turadi.
24
Yo‘lidan adashganlar o‘shanda tushunib yetadi, Noliganlar yo‘l–yo‘riqlarimni o‘rganadi.”
← Chapter 28
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 53
Chapter 54
Chapter 55
Chapter 56
Chapter 57
Chapter 58
Chapter 59
Chapter 60
Chapter 61
Chapter 62
Chapter 63
Chapter 64
Chapter 65
Chapter 66
Chapter 30 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50
51
52
53
54
55
56
57
58
59
60
61
62
63
64
65
66