bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Isaiah 45
Isaiah 45
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 44
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 53
Chapter 54
Chapter 55
Chapter 56
Chapter 57
Chapter 58
Chapter 59
Chapter 60
Chapter 61
Chapter 62
Chapter 63
Chapter 64
Chapter 65
Chapter 66
Chapter 46 →
1
Egam aytar: “Men shoh Kurushning o‘ng qo‘lini kuchaytirdim. Xalqlarni unga itoat ettiray, deya Shohlarni qurolsizlantiraman. Uning oldida eshiklar ochiq turadi, Darvozalar yopilmaydi.” Egamiz O‘zining tanlagani — Kurushga shunday aytmoqda:
2
“Men O‘zim Sening oldingda boraman, Tog‘larni tekislikka aylantiraman, Bronza eshiklarni parchalayman, Temir tambalarni sindiraman.
3
Men Egang ekanligimni bilib olgin, Sening ismingni aytib chaqirayotgan Men Isroil xalqining Xudosi ekanligimni anglagin, deb Yashirib qo‘yilgan boyliklarni, Zulmatdagi xazinani senga beraman.
4
Qulim Yoqub haqi, O‘zim tanlagan Isroil haqi, Sening ismingni aytib chaqirdim. Senga nom ato qildim, Ammo sen Meni bilmaysan.
5
Men Egangman, boshqasi yo‘q, Mendan boshqa xudolar yo‘q! Senga madad beraman, Ammo Meni bilmaysan.
6
Mendan boshqa biri yo‘qligini Sharqu g‘arbda hamma bilsin, dedim. Men Egangman, boshqasi yo‘q!
7
Men yorug‘lik yarataman, zulmat bino qilaman, Farovonlik yuboraman, kulfat yog‘diraman. Men Egangman! Bularning hammasini Men qilaman!
8
Ey samolar, yuqoridan solihlik yog‘diring, Ha, solihlik bulutlardan quyilsin. Yer ochilib, najot kelib chiqsin, Solihlik bilan birga yashnasin. Men Egangizman! Men uni yaratganman.”
9
Holingizga voy! Ey Yaratuvchi bilan bahslashadiganlar! Tuproqdan yasalgan ko‘zayu xumlar! Axir, loy kulolga: “Nima qilyapsan?” deydimi?! “Yasayotgan narsangning qo‘llari yo‘q–ku!” deb aytadimi?!
10
Ey otasiga: “Nimaga tug‘diryapsiz?” degan bolalar! Onasiga: “Nimaga tug‘yapsiz?” degan farzandlar! Sizlarning holingizga voy!
11
Isroil xalqining muqaddas Xudosi, Uning Yaratuvchisi — Egamiz shunday aytmoqda: “Xo‘sh, endi O‘z farzandlarimning Taqdiri haqida Meni so‘roqqa tutasizmi?! O‘z qo‘llarim ijodi to‘g‘risida Menga ko‘rsatmalar berasizmi?!
12
Zaminni barpo qilgan, Yer yuzida insonni yaratgan Menman. Men O‘z qo‘lim bilan osmonni yoydim, Barcha samoviy jismlarga Men buyruq berdim.
13
Men O‘zim Kurushni qo‘zg‘atib, Unga g‘alaba beraman. Uning barcha yo‘llarini tekislayman. U Mening shahrimni quradi. Porayu mukofot olmasdan Mening asirlarimni qo‘yib yuboradi.” Sarvari Olam shunday dedi.
14
Egamiz aytmoqda: “Misrning boyliklari, Habashistonning tijorat foydalari seniki bo‘ladi! Savo yurtining baland bo‘yli odamlari senga keladi. Ular senga ergashadi. Zanjirband bo‘lib, senga ta’zim qiladi. Yolvorib: ‘Ha, Xudo sizning orangizda! Boshqa hech bir xudo yo‘q!’ deydi.”
15
Ey Isroil xalqining Xudosi — Qutqaruvchi! Haqiqatan ham, Sen O‘zini yashiradigan Xudosan.
16
But yasaydiganlar birgalikda uyatga qoldi. Hammasi sharmandayu sharmisor bo‘ldi.
17
Isroilni esa Egamiz qutqardi, To abad najot berdi! Sizlar sharmanda bo‘lmaysiz, To abad uyatga qolmaysiz!
18
Egamiz Samolarni yaratgan U Xudodir! U yerni barpo qilgan, mustahkamlagan. Yerni bo‘sh qilib emas, Yashashga loyiq qilib yaratgan. U shunday deb aytmoqda: “Men Egangizman, boshqasi yo‘q.
19
Men sizlarga yashirin joyda, Zulmatli yurtda gapirmadim. Men Yoqub nasliga: ‘Bo‘sh joylardan Meni qidiring!’ deb aytmadim. Men Egangizman. Haqiqatni aytaman, To‘g‘risini e’lon qilaman.
20
Ey xalqlarning omon qolganlari, Yig‘ilinglar, yaqinlashib, birga kelinglar! Yog‘och butlarini olib yuradiganlar, Qutqarmaydigan xudoga ibodat qiladiganlar Hech narsani anglab yetmaydilar.
21
Gapiring, isbot keltiring. O‘zaro maslahatlashing. Bu to‘g‘rida kim qadimdan xabar berdi? Azaldan kim aytib bergan edi? Men Egangiz emasmi?! Mendan boshqa xudolar yo‘q! Men odil Xudoman, Qutqaruvchiman! Mendan boshqasi yo‘q.
22
Menga yuz buring, najot topasiz, Ey zaminning barcha chetlari! Ha, Men Xudoman, boshqasi yo‘q.
23
O‘zim haqim ont ichdim, Og‘zimdan to‘g‘ri so‘z chiqdi, behuda ketmas. Chunki Mening oldimda har bir tizza cho‘kka tushadi, Har bir til Menga sadoqat qasamini ichadi.
24
Men haqimda: ‘Faqatgina Egamizda adolat, qudrat bor’, deb aytadilar. Mendan g‘azablanganlarning hammasi Menga keladilar, ular uyalib qoladilar.
25
Ammo butun Isroil nasli Men, Egasi tufayli najot topadi. Ular maqtovga sazovor bo‘ladi.”
← Chapter 44
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 53
Chapter 54
Chapter 55
Chapter 56
Chapter 57
Chapter 58
Chapter 59
Chapter 60
Chapter 61
Chapter 62
Chapter 63
Chapter 64
Chapter 65
Chapter 66
Chapter 46 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50
51
52
53
54
55
56
57
58
59
60
61
62
63
64
65
66