bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Isaiah 2
Isaiah 2
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 1
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 53
Chapter 54
Chapter 55
Chapter 56
Chapter 57
Chapter 58
Chapter 59
Chapter 60
Chapter 61
Chapter 62
Chapter 63
Chapter 64
Chapter 65
Chapter 66
Chapter 3 →
1
Omiz o‘g‘li Ishayoga vahiyda Yahudo va Quddus haqida ayon bo‘lgan bashorat.
2
Shunday kunlar keladiki, Egamizning uyi turgan tog‘ Tog‘larning eng yuksagi bo‘lib, qaror topadi. Bu tog‘ hammasidan ham baland bo‘ladi, Hamma xalqlar u yerga daryoday oqib keladi.
3
Ko‘plab ellar keladi, Ular shunday deb aytadi: “Qani, yuringlar! Chiqaylik Egamizning tog‘iga! Qani, yuringlar! Boraylik Yoqub naslining Xudosi uyiga! Toki U bizga o‘rgatsin O‘zining yo‘llarini, Toki yuraylik bizlar Uning so‘qmoqlaridan.” Axir, Egamizning kalomi kelib chiqar Quddusdan, Ha, Xudoning ta’limoti kelib chiqar Siondan.
4
Egamiz hukm qiladi xalqlarning orasida, Ajrim qiladi ko‘p millatlar orasida. Qilichlarini aylantirishadi omochga, Nayzalarini esa tok qaychilariga. Qilich ko‘tarmaydi bir–biriga xalqlar, Hech qachon jang qilmaydi ular.
5
Ey Yoqub xonadoni! Kelinglar, Egamizning nurida yuraylik.
6
Ey Yoqub xonadoni! Xalqingizning yo‘llarini siz tark etdingiz! Bu yurt sharqdan kelgan bashoratgo‘ylarga, Filistlar yurtiga o‘xshab folbinlarga to‘la. Ular begona xalqlar bilan hamtovoq bo‘ldilar.
7
Qarang, Yoqub xonadoni to‘la kumush, oltinga, Chek–chegarasi yo‘q xazinalarining, Ularning yurti to‘ladir otlarga, Chek–chegarasi yo‘q jang aravalarining.
8
Ularning yurti to‘la behuda butlarga! Ular ta’zim etarlar Qo‘llarining ijodiga, O‘zlari yasab, yaratganlarga.
9
Evoh, mana inson past bo‘ldi, Shu tariqa odamzod tiz cho‘ktirildi, Ularning qaddini ko‘tarma, ey Egam!
10
Egamdan qo‘rqib qochinglar, Qoyaning ichiga kirib olinglar, Tuproq ostiga yashirininglar, Egamning ulug‘vorligi buyukdir!
11
Ha, insonning mag‘rurligi yerga uriladi, Odamzodning yuksakligi past bo‘ladi, Yolg‘iz Xudo o‘sha kuni yuksaladi.
12
Zotan, Sarvari Olamning bir kuni bor, Qarshi chiqar U jamiki kibor, kekkayganlarga. O‘sha mag‘rurlarga qarshi bo‘lar, Ularning har birini yerga urar.
13
Qarshi bo‘lar U barcha yuksak, mag‘rurlarga! Ha, o‘sha Lubnon sadrlariyu Bashan emanlarining hammasiga.
14
Qarshi bo‘lar U hamma baland tog‘larga, Hamma yuksak tepaliklarga.
15
Qarshi bo‘lar U har bir baland minoraga, Har bir mustahkam qal’aga.
16
Qarshi bo‘lar o‘sha mashhur Tarshish kemalariyu Inson yaratgan barcha ajoyibotlarga.
17
Ha, yerga uriladi o‘sha odamzod faxri, Past bo‘ladi insonning yuksakligi! Yolg‘iz Xudo o‘sha kuni yuksaladi!
18
Behuda butlar tamomila yo‘q bo‘lib ketadi.
19
Egamiz qo‘zg‘alganda Yerni larzaga solay, deya Inson kirib ketar qoyalardagi g‘orlarga Egamizdan qo‘rqqanidan, Kirib ketar yerdagi chuqurlarga Uning buyuk ulug‘vorligidan.
20
Odam, o‘zim sajda qilay, deb yasagan Oltinu kumush butlarini Berar o‘sha kuni yumronqoziq Hamda ko‘rshapalaklarga.
21
Ha, Egamiz qo‘zg‘alganda Yerni larzaga solay, deya Inson qoyalardagi g‘orlarga kirar Egamizdan qo‘rqqanidan, Cho‘qqilarning yoriqlariga yashirinar Uning buyuk ulug‘vorligidan.
22
Endi uzoqda yuring Tuproqdan yaratilganlardan. Bormi ularning biron qiymati?!
← Chapter 1
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 53
Chapter 54
Chapter 55
Chapter 56
Chapter 57
Chapter 58
Chapter 59
Chapter 60
Chapter 61
Chapter 62
Chapter 63
Chapter 64
Chapter 65
Chapter 66
Chapter 3 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50
51
52
53
54
55
56
57
58
59
60
61
62
63
64
65
66