bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Isaiah 16
Isaiah 16
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 15
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 53
Chapter 54
Chapter 55
Chapter 56
Chapter 57
Chapter 58
Chapter 59
Chapter 60
Chapter 61
Chapter 62
Chapter 63
Chapter 64
Chapter 65
Chapter 66
Chapter 17 →
1
Qo‘zilar yuborgin yurtning hukmdoriga, Sahro yo‘li orqali, Sela shahridan aziz Sion tog‘iga.
2
Xuddi darbadar qushlarday Bo‘lib qolar axir, Mo‘ab ahli. Uloqtiriladi qush uyasi Arnon soyligi kechuviga.
3
Ular shunday deydi: “Maslahat ber bizga, qaror chiqar! Kunning o‘rtasida soyangni tun kabi tushir. Yashirgin quvilganlarni, Oshkor qilma qochoqlarni!
4
Qochoqlarimiz orangizda yashasin, Qirg‘in keltiruvchi zo‘ravonlardan Mo‘abga boshpana bo‘lgin.” Zolimlar yo‘q bo‘lganda, Zo‘ravonlik barham topadi. Talonchilar yurtdan g‘oyib bo‘ladi.
5
Taxt o‘rnatilar sadoqat ila. Taxtda o‘tirar haqiqatgo‘y bir hukmdor. Bu hukmdor Dovud xonadonidan kelib chiqar. U adolatparvar, odillik bilan hukm chiqarar.
6
Ha, eshitganmiz Mo‘abning mag‘rurligini, Uning kiborligi, chiroyi, boyligini! Naqadar mag‘rurdir u! Ammo bularning hammasi yolg‘on!
7
Endi Mo‘ab faryod cheksin, Hamma Mo‘ab uchun nola qilsin. Ha, o‘sha Xir–Xarasot mayizlarini Qo‘msab, aza tutasiz.
8
Mana, holdan toydi Xashbon dalalari, Sivmo uzumzorlari ham. Xalqlarning hukmdorlari ezgan Sivmoning uzum boshlarini. Ular Yazirgacha yetib bordilar, Ular sahroda kezib yurdilar. Novdalari bir vaqtlar o‘sib ketib, Dengizdan ham oshib o‘tdi.
9
Shu bois Yazir yig‘laganda, men ham yig‘layman, Ey Sivmo uzumzorlari! Ko‘z yoshlarim ila sizlarni shalabbo qilaman, Ey Xashbon, Elaley shaharlari! Axir, yozgi hosilingiz barham topdi, Don hosili paytidagi o‘yin–kulgilar to‘xtadi.
10
Shodlik, xursandchilikka Barham berilgan bog‘larda, Uzumzorlarda qo‘shiq aytilmas, Shodlik qiyqiriqlari ko‘tarilmas. Uzum siqish chuqurlarida Ishlaydigan hech kim qolmas. Shodlik qiyqiriqlarini Xudo bostirdi.
11
Shu bois yuragim Mo‘ab uchun Arfa kabi nola qilar. Xir–Xarasot uchun vujudim faryod chekar.
12
Mo‘ab xalqi kelib, o‘zini toliqtirsa ham, Sajdagohiga kelib, iltijolar qilsa ham, Hech narsaga erishmas.
13
Rabbiy bu so‘zlarni ilgaridan aytgan edi Mo‘ab haqida.
14
Endi Rabbiy aytar: “Hozir juda ko‘p bo‘lganiga qaramay, uch yildan keyin yollangan ishchining muddati kabi, Mo‘abning obro‘si to‘kilar. Xalqidan qolganlari esa juda oz, zaif bo‘lar.”
← Chapter 15
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 53
Chapter 54
Chapter 55
Chapter 56
Chapter 57
Chapter 58
Chapter 59
Chapter 60
Chapter 61
Chapter 62
Chapter 63
Chapter 64
Chapter 65
Chapter 66
Chapter 17 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50
51
52
53
54
55
56
57
58
59
60
61
62
63
64
65
66