bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Isaiah 44
Isaiah 44
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 43
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 53
Chapter 54
Chapter 55
Chapter 56
Chapter 57
Chapter 58
Chapter 59
Chapter 60
Chapter 61
Chapter 62
Chapter 63
Chapter 64
Chapter 65
Chapter 66
Chapter 45 →
1
Egam aytar: “Endi eshit, ey qulim Isroil! Ey Yoqub nasli! Men seni tanlaganman.
2
Men, Egang, seni yaratganman, ona qornida senga shakl berganman. Sening madadkoring, Men, shunday aytmoqdaman: ‘Qo‘rqma, ey aziz Isroil! Ey Yoqub nasli, Men seni tanlaganman.
3
Chanqoq yerga Men suv beraman, Qaqragan tuproqda irmoqlar oqizaman. Naslingga Ruhimni beraman, Zurriyoting ustiga O‘z barakamni yog‘diraman.
4
Ular oqar suv bo‘yidagi tol daraxti kabi, Maysalar orasidan o‘sib chiqadi.
5
Biri: «Men Egamnikiman», deb aytadi, Boshqasi Isroil xalqiga qo‘shilay, deb keladi. Yana biri qo‘liga: «Egamniki», deb yozadi–da, Isroil xalqining biriman, deb aytadi.’”
6
Isroilning Shohi, uning Qutqaruvchisi, Sarvari Olam — Egamiz shunday aytmoqda: “Birinchiyu oxirgi Men O‘zimman, Mendan boshqa hech bir xudo yo‘q!
7
Kim Menga o‘xshaydi? Qani, gapirsin–chi! Qadimiy xalqni yaratganimdan beri Nima bo‘lganlarini boshdan aytib bersin! Kelajakda nima bo‘lishini bildirsin.
8
Vahimaga tushmang, qo‘rqmang! Sizga qadimdan e’lon qilib, bildirmadimmi?! Sizlar Mening guvohlarimsiz! Mendan boshqa xudo bormi?! Yo‘q, boshqa qoya yo‘q. Men boshqa hech birini bilmayman!
9
But yasaydiganlarning hammasi hech narsadaydir. Xush ko‘rgan butlari hech foyda keltirmaydi. O‘sha butlarning guvohlari ko‘r, johildir. Shuning uchun ular sharmanda bo‘lib qoladi!
10
Axir, kim foydasiz xudolarning tasvirlarini yasaydi!
11
Hali o‘sha butparast do‘stlarning hammasi sharmanda bo‘ladi. But tayyorlovchilarga qarang. Ular ham oddiy odamlar–ku! Qani, hammasi to‘plansin! Ular qo‘rquvga tushib, birgalikda sharmandayu sharmisor bo‘ladi.
12
But yasaydigan temirchi asbobini oladi. Buyumni ko‘mir cho‘g‘i ustida qizdiradi. Bolg‘asi bilan uni yasaydi. Qo‘lining kuchi bilan ishlaydi. Qorni ochib, holdan toyadi. Tashnalikdan sillasi quriydi.
13
Duradgor ip bilan yog‘ochni o‘lchaydi. Xohlagan shaklini chizib olib, randa bilan ishlov beradi. Uni inson shaklida yasaydi. Unga inson chiroyini beradi–da, sajdagohga o‘rnatadi.
14
O‘rmonda sarv, eman daraxtlarini tanlaydi. U o‘zi uchun sadr daraxtlaridan kesib oladi. Yoki qarag‘ay daraxtini o‘tqazadi. Yomg‘ir esa o‘sha daraxtni o‘stiradi.
15
Keyin bular odamga o‘tin bo‘ladi. Odam yog‘ochning ba’zilarini olib isinadi. Ba’zilarini esa yoqib, non yopadi. Yana o‘ziga xudo ham yasab, unga sajda qiladi. But yasab, unga muk tushib, ta’zim qiladi!
16
U o‘tinlarning yarmini yoqadi. Olovda go‘sht pishirib, qornini to‘ydiradi. Isinib bo‘lgach: ‘Oh, oh, isinib oldim, olovning taftidan jonim orom olyapti’, — deydi.
17
Yog‘ochning qolganidan esa xudosini, o‘zining butini yasaydi. ‘Meni o‘zing qutqar, axir, sen mening xudoyimsan!’ deb butga ibodat qiladi, muk tushib sajda etadi.
18
Ular hech narsani bilmaydilar, tushunmaydilar. Ko‘zlariyu yuraklarida to‘siq bor, ular ko‘rmaydi, tushunmaydi.
19
Birortasi ham o‘ylab ko‘rmaydi. ‘O‘tinning bir qismini yoqdim. Olovida non yopdim, go‘sht pishirib yedim. Endi qolganidan jirkanch narsa yasaymanmi?! Yog‘och g‘o‘lasiga ta’zim qilamanmi?!’ — deb aytishga aql–idrok yo‘q.
20
Eh, kul yeydiganlar! Aldangan qalbi uni adashtiradi. U o‘z jonini qutqara olmaydi. ‘Qo‘limdagi shu narsa soxta–ku!’ — deb o‘ziga aytmaydi.
21
Ey Yoqub nasli! Ey Isroil xalqi! Bularni yodda tut! Sizlar Mening qulimsiz. Men sizlarni yaratdim, Ha, sizlar Mening qulimsiz! Ey Isroil, Men sizlarni unutmayman!
22
Gunohlaringizni bulutday haydadim, Ayblaringizni tumanday tarqatdim, Sizlarni qutqarganman, Menga qayting.”
23
Ey samolar, shodlikdan hayqiring! Mana, Egamiz ajoyib bir ish qildi! Hayqiring, ey zaminning tubsiz joylari! Shodlikdan hayqiring, ey tog‘lar, Ey o‘rmon, o‘rmondagi har bir daraxt! Ha, Egamiz Yoqub naslini qutqarib, O‘ziga oldi. U Isroil xalqi orasida ulug‘lanmoqda.
24
Qutqaruvchingiz, onangiz qornida sizga shakl bergan Egamiz shunday aytmoqda: “Hammasini yaratgan Men Egangizman, Yolg‘iz O‘zim samolarni yoyganman! Bir O‘zim zaminni yaratganman!
25
Folbinlarning alomatlarini behudaga chiqaraman, Bashoratgo‘ylarni laqillataman, Donishmandlarga zarba berib, Bilgan narsalarini nodonlikka chiqaraman.
26
O‘z qulimning bashoratini ijro etaman, Elchilarimning aytganlarini qilaman. Men Quddus haqida: ‘Bu yerda yana inson yashaydi’, deb aytmoqdaman. Yahudo shaharlari haqida: ‘Ular qaytadan quriladi, Vayronalarini tiklayman’, deb aytmoqdaman.
27
Chuqur suvlarga shunday deyman: ‘Qurib bit! Daryolaringni quritaman.’
28
Shoh Kurush haqida shunday deyman: ‘U Mening cho‘ponim. Mening barcha xohishimni u bajaradi.’ Kurush shunday deydi: ‘Quddus qayta qurilsin, Ma’bad yana tiklansin.’”
← Chapter 43
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 53
Chapter 54
Chapter 55
Chapter 56
Chapter 57
Chapter 58
Chapter 59
Chapter 60
Chapter 61
Chapter 62
Chapter 63
Chapter 64
Chapter 65
Chapter 66
Chapter 45 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50
51
52
53
54
55
56
57
58
59
60
61
62
63
64
65
66