bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Isaiah 63
Isaiah 63
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 62
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 53
Chapter 54
Chapter 55
Chapter 56
Chapter 57
Chapter 58
Chapter 59
Chapter 60
Chapter 61
Chapter 62
Chapter 63
Chapter 64
Chapter 65
Chapter 66
Chapter 64 →
1
Edomdan kelayotgan kim? Qizil libos kiyib, Bozrax shahridan kelayotgan kim? Ko‘zni qamashtiruvchi kiyimlar kiyib, Katta kuch bilan qadam bosgan kim? “Bu Men, Egangizman! Qutqarish kuchiga egaman. G‘alabani e’lon qilishga kelmoqdaman.”
2
Nechun kiyimlaring qip–qizil? Nima uchun chuqurda uzum ezgan odamga o‘xshaysan?
3
“Chuqurda bir o‘zim ezdim, Yonimda xalqlardan birontasi yo‘q edi. G‘azab bilan ularni ezdim, Qahr bilan ularni oyoq osti qildim. Ularning qoni kiyimlarimga sachradi, Butun usti boshimni iflos qildi.
4
Ha, Men qasos kunini tayinlab qo‘ygan edim, Xalqimni qutqaradigan kun yetib keldi.
5
Qaradim, yordam beradigan biror odam yo‘q edi, Qo‘llab–quvvatlaydigan hech kimsa yo‘qligidan hayratda qoldim. Shunda O‘zimning qo‘lim yordamga keldi, O‘z g‘azabim Menga madad bo‘ldi.
6
G‘azab bilan xalqlarni tepkiladim, Jahl bilan ularni ezib tashladim. Ularning qonini yerga to‘kdim.”
7
Egamizning sodiq sevgisi haqida aytaman, Qilgan ishlari uchun Egamizga hamdlar aytaman. O‘zining mehr–shafqati, buyuk sevgisi bilan Isroil xonadoniga qilgan buyuk ezguliklari haqida aytaman.
8
Egamiz shunday dedi: “Ha, ular Mening xalqimdir, Bevafolik qilmaydigan farzandlardir.” Shunday qilib, Xudo ularning najotkori bo‘ldi.
9
Ular qiynalganlarida, U ham azob chekdi, Egamizning farishtasi ularni qutqardi. Sevgisi, shafqati tufayli Uning O‘zi ularni qutqardi. Egamiz ularni ko‘tarib, azaldan opichlab yurardi.
10
Ammo ular isyon qildilar, Egamizning Muqaddas Ruhini ranjitdilar. Shuning uchun Egamiz ularning dushmani bo‘ldi. Egamizning O‘zi ularga qarshi kurashdi.
11
Shunda xalq o‘tgan kunlarni, Musoning davrini eslab, shunday dedi: “Cho‘ponlari bilan birga ota–bobolarimizni dengizdan o‘tkazgan qani? O‘z Muqaddas Ruhini ularning orasiga yuborgan qani?
12
Ajoyib qudratli qo‘li bilan Musoning o‘ng qo‘lidan tutgan qani? O‘zining nomini sharaflay, deb Ularning oldidagi suvni ikkiga bo‘lgan qani?”
13
Egamiz ularni dengiz tubidan olib o‘tdi. Tekis joyda yurgan otday Ular hech qoqilmasdan o‘tdi.
14
Vodiyga yoyilgan podaga o‘xshatib, Egamizning Ruhi ularga orom berdi. O‘zining buyuk nomi ulug‘lansin, deya Egamiz O‘z xalqiga yo‘l ko‘rsatdi.
15
Ey Egamiz, osmondan qara, Muqaddas, ulug‘vorlikka to‘la Maskaningdan boq! Qani endi g‘ayrating, qudrating? Sen mehribonligingni, shafqatingni Bizdan darig‘ tutding.
16
Axir, Sen bizning otamizsan, ey Egamiz! Ibrohim bizni bilmaydi, Yoqub bizni tanimaydi. Sen bizning otamizsan! Azaldan noming “Qutqaruvchimiz”dir.
17
Ey Egamiz, nega bizni yo‘lingdan adashtirasan? Nega bizga Sendan qo‘rqmaydigan tosh yurak bergansan? Biz Sening qullaringmiz. Bizning haqi–hurmatimiz, O‘zingning aziz xalqing haqi–hurmati Bizga yuz burgin!
18
Sening muqaddas maskaningga Biz, aziz xalqing, faqat oz vaqt egalik qildik. Endi esa dushmanlarimiz U yerni oyoq osti qilib tashladi.
19
Biz allaqachon Senga tegishli bo‘lmagan, Sen ustidan hukmron bo‘lmagan xalqlarga o‘xshab qoldik.
← Chapter 62
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 53
Chapter 54
Chapter 55
Chapter 56
Chapter 57
Chapter 58
Chapter 59
Chapter 60
Chapter 61
Chapter 62
Chapter 63
Chapter 64
Chapter 65
Chapter 66
Chapter 64 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50
51
52
53
54
55
56
57
58
59
60
61
62
63
64
65
66