bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Isaiah 3
Isaiah 3
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 2
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 53
Chapter 54
Chapter 55
Chapter 56
Chapter 57
Chapter 58
Chapter 59
Chapter 60
Chapter 61
Chapter 62
Chapter 63
Chapter 64
Chapter 65
Chapter 66
Chapter 4 →
1
Sarvari Olam — Rabbiy endi Quddus va Yahudo xalqiga har turli ta’minot hamda madad bermay qo‘yadi. Ularni non va suvdan bebahra qilyapti.
2
Jangchilar va askarlardan, hakamlar va payg‘ambarlardan, folbinlar va oqsoqollardan mahrum qilyapti.
3
Ellikboshi va amaldorlardan, maslahatchilardan, mohir ustalar va “dono” afsungarlardan judo qilyapti.
4
Egam aytar: “Bolalar hukmron bo‘lar bu xalq ustidan, Aqlsizlar hukmronlik qilar ular tepasidan.”
5
Xalq bir–biriga zulm qiladi, Har kim do‘stiga dushman bo‘ladi. Haqorat qilar yosh yigit oqsoqolni, Sharmanda odam esa obro‘li odamni.
6
Odamlar o‘z yaqinini ushlab olib, O‘sha qarindoshiga shunday deydilar: “Ustingda kiyiming bor ekan, Bizga bosh bo‘la qol. Mana bu vayronalar uyumi Sening qo‘l ostingda bo‘ladi.”
7
U esa o‘sha kuni qasam ichib aytar: “Axir, men shifo bera olmayman, Meni qilmang xalqqa boshliq, Uyimda bor na non, na kiyim.”
8
Ha, Quddus ham, Yahudo ham quladi. Xalqining tillari, ishlari Xudoga qarshidir. Egamning shuhratini ular yerga bulg‘adi.
9
Yuzlari guvohlik berib turar, Ular Sado‘m kabi gunohlarini oshkor qilar. Ha, gunohlarini ular yashirmas. Eh, o‘zlari boshlariga keltirar kulfat! Ularning holiga voy!
10
Solihlarga esa yaxshilik ko‘rasan, deb ayting, Ular o‘z ishlarining samarasidan lazzat topadi.
11
Ammo fosiqlarning holiga voy! Boshlarida kulfat, Axir, qilmishlariga yarasha qaytadi o‘zlariga.
12
Yosh bolalari ezadi xalqimni, Ayollar hukmronlik qiladi ular ustidan. Ey xalqim, yo‘lboshchilaring seni chalkashtiradi, So‘qmoqlaringdan seni adashtiradi.
13
Egamiz O‘z da’vosini isbot qilmoqqa kirishayotir, Ha, xalqlarni hukm qilmoqqa U qo‘zg‘alayotir.
14
O‘z taxtiga o‘tirib Egamiz O‘z xalqining oqsoqollariyu Shahzodalari bilan hukmga kirishar: “Sizlar Mening uzumzorimni xarob qilgansiz. Kambag‘aldan olgan o‘lja bilan to‘la uyingiz.
15
Nimasi bu?! Xalqimni ezaverasiz! Kambag‘alni iskanjaga olaverasiz!” Sarvari Olam — Rabbiyning so‘zidir bu.
16
Egam aytar: “Mag‘rurdir Quddus ayollari, Bo‘yinlarini likillatib, ko‘zlarini suzib yurar, Mayda qadam tashlab yurib, To‘pig‘idagi xalqalarni jiringlatar.”
17
Shu bois Rabbiy yara qilar Quddus ayollarining boshlarini, Sharmanda qilar ochib uyatli joylarini.
18
O‘sha kuni Rabbiy tortib olar ularning Go‘zalligi — to‘pig‘idagi bezaklarini, Tillaqoshlariyu zeb–ziynatlarini,
19
Sirg‘alari, bilaguzuk va harir ro‘mollarini, Tortib olar boshidagi tojini, Bilaguzuk, marjon, xushbo‘y moy, tumorlarini,
20
Muhr uzuklarini, burundagi sirg‘alarini,
21
Tortib olar shohona libosini, Harir parda, nimchalari, karmonlarini,
22
Ko‘zgulari, zig‘ir liboslarini, Tillaqoshlariyu nafis liboslarini.
23
Xushbo‘y hid o‘rniga ulardan sassiq hid keladi, Kamarlar o‘rniga arqon bog‘lab yuradi, Turmaklangan soch o‘rniga kal bosh bo‘ladi, Bashang kiyim o‘rniga qanor kiyadi, Ha, go‘zallik o‘rniga asirlik tamg‘asi bo‘ladi.
24
Mana, yigitlari qilichdan yiqilib qoladi, Botir erkaklari jangda qirilib ketadi.
25
Quddus darvozalari yig‘lab, aza tutadi. Sion bo‘m–bo‘sh bo‘lib, yerda o‘tiribdi.
← Chapter 2
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 53
Chapter 54
Chapter 55
Chapter 56
Chapter 57
Chapter 58
Chapter 59
Chapter 60
Chapter 61
Chapter 62
Chapter 63
Chapter 64
Chapter 65
Chapter 66
Chapter 4 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50
51
52
53
54
55
56
57
58
59
60
61
62
63
64
65
66