bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Isaiah 59
Isaiah 59
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 58
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 53
Chapter 54
Chapter 55
Chapter 56
Chapter 57
Chapter 58
Chapter 59
Chapter 60
Chapter 61
Chapter 62
Chapter 63
Chapter 64
Chapter 65
Chapter 66
Chapter 60 →
1
Nima, Egamizning qo‘li qisqami? Qutqarolmasa! Qulog‘i og‘irmi? Eshitmay qolsa!
2
Axir, o‘z ayblaringiz sizni Xudoyingizdan ayirdi, Gunohlaringiz tufayli U sizdan yuz o‘girdi, Ibodatlaringizga quloq solmaydi.
3
Ana, qo‘llaringiz qonga bulg‘angan, Barmoqlaringiz gunohga botgan, Og‘zingizdan yolg‘on chiqaveradi, Tilingiz haqsizlikni gapiradi.
4
Hech kimsa adolat bo‘lsin, deb aytmaydi, Hech kimsa haqiqat uchun kurashmaydi. Behuda gaplardan umid qilib, yolg‘onlar aytadi, Buzuqlikka homilador bo‘lib, yovuzlik tug‘adi.
5
Sizlar ilonning tuxumini bosasiz, O‘rgimchak uyasini to‘qiysiz, Sizlarning tuxumingizni yeganlar o‘ladi. Agar bitta tuxumini bosib olsalar, Undan zaharli ilon o‘rmalab chiqadi.
6
To‘qigan uyangizdan kiyim chiqmaydi, Siz to‘qiganlar bilan hech kim ustini yopa olmaydi. Sizlarning ishingiz yaramas ishlardir, Sizlarning qo‘llaringiz zo‘ravonlikka to‘la.
7
Fosiqlarning oyog‘i yomonlikka shoshiladi, Ular behuda qon to‘kishga juda usta. Ularning fikri–zikri gunoh bilan band, Qadamidan halokatu vayrona keladi.
8
Ular tinchlik yo‘llarini bilmaydi, Yurgan yo‘lida adolat yo‘q. O‘zlariga egri yo‘llar qildilar, Bu yo‘ldan yurganlar tinchlik bilmaydi.
9
Shu bois adolat bizdan uzoq, Xudo bizni qutqarmaydi. Nur izlaymiz, ammo faqatgina zulmat bor, Yorug‘lik izlaymiz, ammo zulmatda yuramiz.
10
Ko‘rlarday devorni ushlab yuramiz, Ko‘zi ko‘rmaydiganlarday paypaslanamiz. Kuppa–kunduzi tundagiday qoqilamiz, Tiriklar orasida o‘liklardaymiz.
11
Hammamiz ayiq kabi bo‘kiryapmiz, Hammamiz musicha kabi nola qilyapmiz. Adolat kutyapmiz, ammo u yo‘qdir, Najot kutyapmiz, ammo u bizdan uzoqda.
12
Ha, Xudo oldida ko‘p itoatsizlik qildik, Gunohlarimiz bizga qarshi guvohlik berib turibdi. Itoatsizligimiz ko‘z o‘ngimizda, Ayblarimizni o‘zimiz bilamiz.
13
Itoatsizlik qildik, Egamizni aldadik, Xudoyimizdan yuz o‘girdik, Zulm qo‘zg‘adik, xiyonat qildik, Yurakda yolg‘on gaplar to‘qib gapirdik.
14
Adolat chekindi, solihlik uzoqqa ketdi. Axir, haqiqat quvib chiqarildi, Haqqoniylik oramizga kira olmaydi.
15
Hech qayerda haqiqat yo‘q, Yomonlikdan chekingan halokatga yo‘liqdi. Egamiz bularni ko‘rib, Adolat yo‘qligidan ozor chekdi.
16
Mazlumlarga yordam beradigan Hech kimsa yo‘qligini ko‘rdi, Hech kim yo‘qligidan U hayratda qoldi. Shunda Egamiz O‘z qo‘li bilan qutqarishga kirishdi, Xudoning O‘zi ularga najot berdi.
17
U adolatni sovutday kiyib oldi, Najot dubulg‘asini boshiga kiydi, Egamiz qasosni libosday kiyib oldi, Rashkni chopon qilib o‘rab oldi.
18
Har kimga qilganiga yarasha javob beradi, O‘z dushmanlariga g‘azab sochadi, G‘animlaridan qasos oladi, Dengiz ortidagi yurtlarga Qilganlariga yarasha to‘liq qaytaradi.
19
G‘arbda Egamizning nomidan qo‘rqadilar, Sharqda Uning shuhratidan qo‘rquvga tushadilar. Mana, Egamiz daryoday keladi. O‘zining Ruhi da’vat etayotgan Kuchli daryoday keladi.
20
Egamiz shunday aytmoqda: “Qutqaruvchi Quddusga keladi, Yoqub naslining gunohdan qaytganlariga keladi.”
21
Egamiz shunday deydi: “Siz bilan qiladigan ahdim shudir: Sizga bergan Ruhim, og‘zingizga solgan so‘zlarim sizlarni tark etmaydi. Hozirdan boshlab to abad sizlarni, bolalaringizni, nabiralaringizni hech tark etmaydi.”
← Chapter 58
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 53
Chapter 54
Chapter 55
Chapter 56
Chapter 57
Chapter 58
Chapter 59
Chapter 60
Chapter 61
Chapter 62
Chapter 63
Chapter 64
Chapter 65
Chapter 66
Chapter 60 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50
51
52
53
54
55
56
57
58
59
60
61
62
63
64
65
66